Xon Saroy’dan navbatdagi tantanali ochilish marosimi!

Biznes

image

1 iyul kuni mijozlar ishonchini ko‘p yillarda beri qozonib kelayotgan Xon Saroy qurilish kompaniyasi navbatdagi “Salom Qo’yliq” loyihasi xonadonlarini tantanali ochilish marosimi ila o‘z egalariga topshirdi.

Ochilish marosimining har bir lahzasi unutilmas tarzda o‘tdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Taniqli sanatkorlar va blogerlar o‘zlarining chiqishlari bilan barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Zamonaning yorqin namunasi bo‘lgan “Salom Qo’yliq” loyihasi Mirobod tumani, Qo‘yliq 3-massivda joylashgan. Loyiha 3 ta blok, 3 ta kirish qismi va umumiy 360 ta xonadondan tashkil topgan.

Loyihaning birinchi va ikkinchi qavati maishiy xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uchinchi qavatda eko-hudud joylashgan.

Ochilish marosimi davomida xonadon egalari nima uchun Xon Saroy kompaniyasini tanlashgani haqida o‘zlarining fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Xon Saroy kompaniyasining loyihalarini chiroyliligi, sifatliligi va xonalarning kengligi yoqgani uchun tanladim”, deydi mijozlardan biri.  

“Uchinchi qavatida oilaviy dam oladigan joyning mavjudligi, havosi toza, yashil zonasi ko‘p bo‘lgani uchun ushbu loyihani tanladim” dedi yana bir mijoz.

“Mening orzuimdagi uy” tanlovida final bosqichiga o‘tgan ishtirokchilarga sovg‘alari topshirildi. Ushbu tanlov kompaniya tomonidan 3 yildan buyon 1 iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish” kuni munosabati bilan o‘tkazib kelinadi. Hozirgi kunga qadar tanlovda 2500 dan ziyod bolajonlar qatnashgan.

Xon Saroy qurilish kompaniyasi Toshkent shahridagi ilk faoliyatini 2019 yilda “Xon Saroy” nomli loyihadan boshlagan. Hozirgi kunga qadar 10 ta loyihasidagi xonadonlarni o‘z egalariga unutilmas ochilish marosimlari bilan topshirib kelmoqda. Kompaniya nafaqat qurilishda, balki sport va madaniyatni qo‘llab quvvatlashda ham yetakchi o‘rinda turadi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 712007400 | 555017400

Sayt: xonsaroy.uz
Telegram: t.me/XonSaroy
Instagram: https://instagram.com/xonsaroyuz

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Xon Saroy Salom Qo’yliq ochilish marosimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made