O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida qatnashdi (video)
Sport
−
16:50 431 1 daqiqa
Bugun, 19 sentyabr kuni Aychi-Nagoya-2026 XX yozgi Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda 396 nafar sportchidan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi.
XX yozgi Olimpiya o‘yinlari tantanali ochilish marosimida boks bo‘yicha jahon chempioni To‘rabek Habibullayev hamda qilichbozlik bo‘yicha Xanchjou-2022 yozgi Osiyo o‘yinlari chempioni Guliston Perdebayeva O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari bo‘ldi.
2023 yilda Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilgan so‘nggi yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 370 nafar sportchi sportchi bilan ishtirok etgan. O‘zbekistonlik sportchilar musobaqada 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza – jami 71 ta medal bilan umumjamoa hisobida Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagan.
Hukumat qaroriga ko‘ra, 2023 yilgi yozgi Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchilar 10 ming AQSH dollari, kumush medal sohibi bo‘lganlar 5 ming dollar, bronza medal sohiblari esa 2,5 ming dollar miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlangan edi.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Osiyo o‘yinlari Yaponiyaning Ayti prefekturasi va Nagoya shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning rasmiy ochilish marosimi bugun, 19 sentyabr kuniga, yopilish marosimi esa 4 oktyabrga belgilangan. Biroq musobaqa reglamentiga ko‘ra, ayrim jamoaviy sport turlaridagi dastlabki uchrashuvlar rasmiy ochilish marosimidan oldin – 10 sentyabrdan boshlangan.