Özbekiston ösmirlar Olimpiya öyinlarini 8 ta medal bilan yakunladi

Sport

−

image

Keça, 13 noyabr kuni Senegalning Dakar şahrida bölib ötgan ösmirlar Olimpiya öyinlari yakuniga yetdi. Unda Özbekiston delegatsiyasi 8 ta medal – 2 ta oltin, 4 ta kumuş va 2 ta bronza medalini qölga kiritdi.

Oltin medallarni boksçilar Sabrina Çakomonova (-54 kg) va Ruxşonabonu Isayeva (-60 kg) qölga kiritdi.

Kumuş medallar Şaxzodbek Xolmurodov (uç xatlab sakraş), Parizoda Talabova (nayza uloqtiriş), Jörabek Eşpölatov (dzyudo, -100 kg) hamda Asadbek Samandarov (taekvondo, -55 kg) hisobiga yozildi.

Bronza medallariga esa Nargiza Ötebayeva (qiliçbozlik) va Muhammadismoil Rahmonov (suziş, 200 metrga brass usulida) sazovor böldi.

Ösmirlar Olimpiya öyinlari yakuniy medallar jadvalida Özbekiston delegatsiyasi 20-örinni egalladi. Medallar jadvalida Xitoy 33 ta medal bilan birinçi, Yaponiya 28 ta medal bilan ikkinçi örinni egalladi. Rossiya delegatsiyasi esa 14 ta medal bilan kuçli uçlikda joy oldi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing