Saida Mirziyoyeva BMT Bosh Assambleyasida O‘zbekiston delegatsiyasiga rahbarlik qilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekiston delegatsiyasi AQSHning Nyu-York shahridagi BMT bosh qarorgohida bo‘lib o‘tayotgan tashkilot Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi doirasida umumiy munozaralar davomida qator davlat rahbarlarining nutqlarini tingladi. Bu haqda mamlakat delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

Ma’lum qilinishicha, Bosh Assambleyaning 81-sessiyasi doirasida 130 ga yaqin davlatdan kelgan delegatsiyalarga mezbonlik qilmoqda.

“Mamlakatimiz delegatsiyasi umumiy munozaralar davomida qator davlat rahbarlarining nutqlarini tingladi“, deya yozgan Saida Mirziyoyeva.

BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi joriy yilning 8 sentyabr kuni rasman o‘z ishini boshlangan va 2027 yil 7 sentyabrgacha davom etishi belgilangan. Sessiya doirasidagi davlat va hukumat rahbarlarining umumiy munozaralari esa joriy yilning 22–28 sentyabr kunlari o‘tkazilmoqda. Unda dunyo yetakchilari xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar, jumladan, tinchlik va xavfsizlik, iqlim o‘zgarishi, sog‘liqni saqlash, sun’iy intellekt va barqaror rivojlanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Shuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tayotgan mazkur nufuzli tadbirda O‘zbekiston nomidan so‘zga chiqishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Saida Mirziyoyeva 2023 yil mart oyida BMTning Suv konferensiyasida ishtirok etib, unda nutq so‘zlagan. Joriy yilning iyun oyida esa Avstriyaning Vena shahrida o‘tkazilgan BMT Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov komissiyasining 35-sessiyasida ham qatnashib, O‘zbekistonda odil sudlovni ta’minlash, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, jinoyatchilik profilaktikasi hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan milliy ma’ruza bilan chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nyu-York Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi doirasida O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashgandi. Uchrashuvda O‘zbekiston va BMT o‘rtasida birgalikda rivojlantirib kelinayotgan muhim hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilingan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing