47 ming ayol yaqinlari tomonidan öldirildi – BMT

Olam

−

visibility2150 timer2 daqiqa

image

2025 yil davomida dunyo böylab 47 ming nafar ayol va qiz öz turmuş örtoği, yaqin munosabatda bölgan şaxsi yoki oila a’zosi tomonidan qasddan öldirilgan. Bu har kuni örtaça 129 nafar, har soatda esa 5 nafar ayol va qiz hayotdan köz yumganini anglatadi. Bu haqda BMTning Narkotiklar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi hamda BMT-Ayollar taşkilotining joriy yilning 24 noyabr kuni e’lon qilingan hisobotida söz boradi.

Hisobotga köra, 2025 yilda dunyoda ayollar va qizlarga nisbatan sodir etilgan qotilliklarning umumiy soni 78 mingtani taşkil etgan. Ularning 60 foizi, ya’ni 47 mingtasi yaqin şerik yoki oila a’zolari tomonidan sodir etilgan. Bu esa ayollar uçun eng xavfli joy hanuz uy ekanini körsatadi.

Bunday qotilliklar böyiça eng yuqori körsatkiç Afrika qit’asida qayd etilgan. Unda har 100 ming nafar ayol aholiga 2,9 ta holat töğri keladi. Amerika qit’asida bu körsatkiç 1,4 ta, Okeaniyada 1,1 ta, Osiyoda 0,6 ta va Yevropada 0,5 tani taşkil etgan.

Tahlillarga köra, ayollarga nisbatan qotillik holatlari köpinça bir martalik hodisa bölmay, uzoq vaqt davom etgan zöravonlik, tahdid va tazyiqlarning yakuni hisoblanadi. Biroq jismoniy yoki jinsiy zöravonlikka uçragan ayollarning aksariyati yaqinlari, jamoatçilik yoki huquqni muhofaza qiluvçi organlardan yordam söramaydi. Bu esa ularni himoyasiz qoldirib, jinoyatçilarning jazodan qutulib qolişiga sabab bölişi mumkin.

Şuningdek, hisobotda global miqyosda qotillik körsatkiçlari pasayib borayotgani, ammo ayollarga nisbatan qotillik holatlari bunga nisbatan sekinroq kamayayotgani ta’kidlangan. 2010–2025 yillarda Amerika qit’asida umumiy qotillik körsatkiçlari ayollarga nisbatan qotillik körsatkiçlaridan qariyb ikki baravar tezroq, Yevropada esa 1,5 baravar tezroq pasaygan.

Qayd etilişiça, 2025 yilda yaqin şerik yoki oila a’zolari tomonidan öldirilgan ayollar va qizlar soni 2024 yildagi 50 ming nafarlik körsatkiçdan kam bölgan. Biroq bu özgariş mamlakatlarda ma’lumotlarni töplaş imkoniyatlari yaxşilangani bilan boğliq bölib, zöravonlik holatlari amalda kamayganini anglatmaydi.

BMT taşkilotlari hukumatlar va jamoatçilikni ayollar hamda qizlarni zöravonlikdan himoya qiliş, jabrlanuvçilarga öz vaqtida yordam körsatiş va aybdorlarni javobgarlikka tortiş çoralarini kuçaytirişga çaqirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Afğonistonda qizlarning erta turmuşga berilişi ularning ta’lim olişi, soğliği va kelajakdagi imkoniyatlariga tahdid solayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing