Özbekiston çöllanişga qarşi kuraşda BMT bilan şeriklikni mustahkamlaydi
Jamiyat
−
20:51 347 1 daqiqa
Bugun, 11 noyabr kuni Antaliya şahrida bölib ötayotgan Jahon iqlim sammiti doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev BMT Boş kotibining örinbosari, BMTning Çöllanişga qarşi kuraşiş konvensiyasi ijroçi kotibi Yasmin Fuad bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, uçraşuvda çöllanişga qarşi kuraşiş, tanazzulga uçragan yerlarni tiklaş va iqlim özgarişi oqibatlarini bartaraf etiş sohalaridagi hamkorlikni kengaytiriş masalalari körib çiqilgan.

Samarali hamkorlik doirasida sönggi beş yil davomida 15 ta qöşma loyiha amalga oşirilgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Orolböyi hududida ekologik muvozanatni tiklaş, örmonlar maydonini kengaytiriş va qurğoqçil ekotizimlar barqarorligini oşiriş masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Uglerod yutilişini hisobga oliş mexanizmlarini takomillaştiriş va karbon moliyasi mablağlarini jalb etiş muhimligi ta’kidlangan.
Uçraşuv yakunida çöllanişga qarşi kuraşiş va ekologik barqarorlikni ta’minlaş sohalarida şeriklikni yanada mustahkamlaş hamda qöşma taşabbuslarni ilgari suriş yuzasidan kelişuvga erişilgan.
Live
Barchasi