Prezident Özbekistonda BMTning Aksilterror boşqarmasi mintaqaviy ofisini oçişni taklif qildi 

Jamiyat

−

image

Özbekistonda BMTning Aksilterror boşqarmasi mintaqaviy ofisi oçilişi mumkin. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bugun, 6 noyabr kuni Ostona şahrida bölib ötgan Aqaba jarayoni doirasidagi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sun’iy intellekt sohasida xavfsizlik masalalariga bağişlangan uçraşuvida taklif bildirdi.

Şavkat Mirziyoyev öz nutqida xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlar kuçayib borayotgan bugungi şaroitda Aqaba jarayonining ahamiyatini yuksak baholagan. 

Sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanişi insoniyat uçun ulkan imkoniyatlar yaratiş bilan birga yangi tahdidlarni ham yuzaga keltirayotgani qayd etilgan. Şu bois, sifatli ta’lim va inson salohiyatini töla röyobga çiqariş uçun şaroit yaratiş xavfsizlikning muhim poydevori ekani ta’kidlangan.

Davlat rahbari ma’rifat va ilmga intilişdek gumanistik an’analarni zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan uyğunlaştiriş maqsadida “Inson manfaatlari yölida raqamli taraqqiyot” taşabbusini ilgari surgan. Uning asosiy vazifasi sun’iy intellekt salohiyatini bilimlarni keng tarqatiş, özaro işonç muhitini mustahkamlaş va şaxs kamoloti uçun yangi imkoniyatlar yaratişga yönaltirişdan iborat.

Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Sun’iy intellektni boşqariş masalalari böyiça global muloqoti qöllab-quvvatlangan.

Global sa’y-harakatlarga amaliy hissa qöşiş uçun Özbekistonda BMTning Aksilterror boşqarmasi mintaqaviy ofisini oçişga tayyorlik bildirilgan. Uşbu ofis Markaziy Osiyo mamlakatlariga terrorçilik mazmunidagi materiallar haqida ogohlantiriş kanallarini işga tuşiriş va ularning faoliyatini ta’minlaş, terrorizmni moliyalaştiriş holatlarini aniqlaş, mutaxassislar malakasini oşiriş hamda uşbu jarayonlarda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalaniş böyiça amaliy kömak körsatadi.

Şuningdek, Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi negizida “Raqamli davrda jaholatga qarşi ma’rifat” xalqaro dasturini yölga qöyiş taklif etilgan. Uning asosiy vazifalari köp tilli axborot resurslarini yaratiş, diniy arboblarni axborot muhitida faoliyat yuritişga tayyorlaş, islom dinining insonparvarlik qadriyatlarini tarğib etayotgan yoş tadqiqotçilarni qöllab-quvvatlaşdan iborat böladi.

Davlat rahbari sözining yakunida sun’iy intellektning kelajagi nafaqat texnologik taraqqiyotga, balki undan qanday maqsadlarda foydalanişga ham boğliq ekanini ta’kidlagan. Şu bois, yangi texnologiyalarni tahdidlar manbaiga emas, balki tinçlik, xavfsizlik va inson taraqqiyotini ta’minlaşning qudratli vositasiga aylantiriş umumiy intiliş bölişi lozimligi qayd etilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing