Prezident Avtomobil yöllari qömitasining ilmiy-amaliyot markazini borib kördi
O‘zbekiston
−
522 4 daqiqa
Bugun, 27 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Avtomobil yöllari qömitasining ilmiy-amaliyot markaziga taşrif buyurib, muassasa faoliyati va u yerda yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, sönggi yillarda mamlakatda ilmiy tadqiqotlar va ilğor tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etiş, iqtisodiyot tarmoqlari uçun zamonaviy bilim va könikmalarga ega malakali kadrlar tayyorlaşga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Avtomobil yöllari qömitasining mazkur markazi ham ana şu maqsadda taşkil etilgan. U yöl xöjaligida ilmiy izlanişlarni rivojlantiriş, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş va yangi avlod muhandislarini tayyorlaşga xizmat qiladi. Umumiy maydoni 2,7 gektar bölgan majmuada 80 ta doimiy iş örni yaratilgan.

Markazning öquv poligonida avtomobil yöllarining konstruksiyalari va asosiy elementlari haqiqiy ölçamlarda aks ettirilgan. Bu yerda mutaxassislar va talabalar yöl töşamasi qatlamlari, yöl belgilari, xavfsizlik tösiqlari, suv qoçiriş tizimlari, köpriklar hamda suv ötkaziş quvurlarining tuzilişi va vazifalarini amaliyotda örganişi mumkin.

Poligonda I-V texnik toifalarga mansub avtomobil yöllarining geometrik parametrlari, ularga mos sement-beton, issiq va sovuq asfalt-beton, şağal hamda çaqiqtoş qoplamalari namoyiş etilgan. Jami 75 turdagi yöl elementlari jamlangan.

Majmuada maxsus texnika parki ham barpo etilgan. Unda yöl-quriliş maşinalari, yöl qatlamlarini diagnostika qilişga möljallangan köçma laboratoriya, sun’iy intellekt asosida işlovçi kuzatuv va vazn ölçaş tizimlari bilan jihozlangan transport vositalari mavjud. Bu yerda zamonaviy texnikaning işlaş tamoyillari va undan foydalaniş usullari örgatiladi.
Majmua tarkibidagi Vaziyat markazida avtomobil yöllarining texnik holati, transport harakati, ob-havo şaroiti, quriliş va ta’mirlaş işlariga oid ma’lumotlar yagona raqamli tizimda jamlanadi va tahlil qilinadi.

Markaz qömitaning 7 ta axborot tizimi bilan integratsiya qilingan. Bu yerda RAMS tizimi orqali 42,4 ming kilometr avtomobil yölining texnik holatini baholaş, sun’iy intellekt yordamida yöl qoplamasini tahlil qiliş, WIM tizimi orqali transport vositalarining oğirligini ölçaş, yöl-quriliş texnikasi harakatini GPS orqali kuzatiş va pulli yöllardagi tölovlarni onlayn nazorat qiliş imkoniyatlari yaratilgan.

Ayni paytda markazning 9 nafar operatori xalqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yölining Qamçiq dovoni orqali ötuvçi 100 kilometrlik qismini real vaqt rejimida kuzatib bormoqda.
Mas’ul vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya orqali yöllardagi vaziyatni avtomatik tahlil qiliş, xavf-xatarlarni oldindan aniqlaş va tezkor ogohlantiriş mexanizmi yölga qöyilgan.

Mutaxassislar malakasini oşiriş va talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlaş uçun interfaol vositalar bilan jihozlangan 3 ta öquv xonasi va ilmiy kutubxona taşkil etilgan.
Yöl-quriliş materiallarini tadqiq etiş va sinovdan ötkazişga möljallangan 3 ta zamonaviy laboratoriya iş boşlagan. Ularda asfalt-beton, sement-beton, inert materiallar va bitumning xususiyatlari örganiladi. Hozirda bu yerda 15 nafar olim va 5 nafar izlanuvçi ilmiy faoliyat olib bormoqda.

Prezident majmuadagi “Vaqt magistrali” muzeyi bilan ham tanişgan.
U yerda Özbekiston yöl xöjaligining şakllanişi va rivojlaniş tarixiga oid 107 ta eksponat, turli davrlarda qöllanilgan quriliş materiallari, texnologiyalar hamda noyob muhandislik yeçimlari namoyiş etilgan.

Ötgan asrga oid yöl-quriliş maşinalari ham jamlangan bölib, ularning tarixi va vazifalari haqida interfaol ekranlar orqali uç tilda ma’lumot oliş mumkin.
Davlat rahbari markaz imkoniyatlaridan samarali foydalanib, yöl xöjaligi uçun malakali muhandis va mutaxassislar tayyorlaş, ilmiy tadqiqotlarni sohaning amaliy ehtiyojlariga yönaltiriş, yöl qurilişi sifati va ekspluatatsiya samaradorligini oşirişda zamonaviy texnologiyalarni keng qöllaş muhimligini ta’kidlagan.
Şu yerning özida avtomobil yöllari sohasida yirik loyihalarni amalga oşirişda iştirok etayotgan xorijiy investorlar bilan suhbat bölgan.
Live
Barçasi