Özbekistonda qiymati 5,6 mlrd dollar bölgan 593 kilometrlik pulli yöl quriladi

O‘zbekiston

−

visibility1942 timer2 daqiqa

image

Özbekistonda hozirda umumiy qiymati 5,6 milliard dollar bölgan, jami 593 kilometrlik pulli yöllarni quriş böyiça 5 ta loyihaga kirişilgan. Bu haqda bugun, 27 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev ötkazayotgan transport-logistika sohasidagi investor va tadbirkorlar bilan uçraşuvda söz bordi.

Davlat rahbari iqtisodiyotning yuqori ösiş sur’atlariga mos ravişda transport tizimini ham rivojlantiriş, sohaga katta hajmda investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb qiliş, aniq natijalarga erişiş zarurligini ta’kidlagan.

Sönggi ön yilda yöl sohasiga 80 trillion söm ajratilib, 7 ming kilometr yöl qayta qurilgan, 125 ming kilometr yöl ta’mirlangan. Yöl infratuzilmasini rivojlantirişga xususiy investitsiyalarni keng jalb qiliş, sohaga 20 milliard dollar mablağ olib kiriş imkoniyati mavjud.

Hozirda umumiy qiymati 5,6 milliard dollar bölgan, jami 593 kilometrlik pulli yöllarni quriş böyiça 5 ta loyihaga kirişilgan. Toşkent – Samarqand yönalişida 2,2 milliard dollarlik yöl qurilişi boşlangan, Toşkent – Angren yönalişidagi 1,6 milliard dollarlik loyiha böyiça tender jarayonlari yakuniga yetmoqda.

Mutasaddilarga Toşkent – Çorvoq, Samarqand – Buxoro yönalişlari va Taxtaqoraça dovonidagi yöllar böyiça jami 1,8 milliard dollarlik loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini yakunlab, investorlarga taqdim etiş topşirilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing