“Duo qilib turibmiz”. Prezident Sindorovning öyinlarini kuzatayotganini aytdi (video)

Sport

−

visibility2182 timer1 daqiqa

image

Prezident Şavkat Mirziyoyev Javohir Sindorov va Gukeş Dommaraju örtasidagi jahon çempionligi uçun bahslarni kuzatib boryapti. Bu haqda Özbekiston yetakçisi bugun, 27 noyabr kuni Avtomobil yöllari qömitasining ilmiy-amaliy markazida investorlar bilan ötkazilayotgan uçraşuvda gapirgan.

Davlat rahbari özbekistonlik grossmeysterning jahon çempionligi uçun öyinlarini kuzatib borayotganini bildirib, uning natijalarini e’tirof etgan.

“Uni duo qilib turibmiz. Uçta öyinni yaxşi ötkazdi. Xudo özi kuç-quvvat bersin”, deydi Şavkat Mirziyoyev.

Javohir Sindorov va Gukeş Dommaraju örtasidagi jahon çempionligi uçun bahsdagi uçta partiyadan keyin umumiy hisob 1,5:1,5 körinişiga keldi. Törtinçi partiya ertaga, 28 noyabr kuni bölib ötadi.

Jahon toji uçun bahs klassik vaqt nazoratida ötkaziladigan 14 ta partiyadan iborat. Dastlabki 40 ta yuriş uçun şaxmatçilarga 120 daqiqadan vaqt beriladi. Şundan söng, har bir yuriş uçun 30 soniyadan qöşib boriladi, 40 ta yurişdan keyin esa yana 30 daqiqa ajratiladi.

Agar şaxmatçilardan biri 14-partiyaga qadar 7,5 oçko töplasa, ğolib muddatidan oldin aniqlanadi. Aks holda, durang natija qayd etilsa, ğolib tay-breykda aniqlanadi.

Ma’lumot uçun, jahon çempionligi uçun keçayotgan bahsning sovrin jamğarmasi 2,5 million dollarni taşkil etadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing