Özbekistonda 2030 yilgaça 545 km yangi temir yöl liniyalari quriladi

O‘zbekiston

−

visibility1221 timer2 daqiqa

image

2030 yilgaça 545 kilometr yangi temir yöl liniyalarini quriş, elektrlaştirilgan yöllar uluşini 65 foizga, elektropoyezdlar parkini 31 taga yetkaziş rejalaştirilgan. Bu haqda bugun, 27 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev ötkazayotgan transport-logistika sohasidagi investor va tadbirkorlar bilan uçraşuvda söz bordi.

Qayd etilişiça, “Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston” temir yöli işga tuşişi bilan yuk taşiş hajmi 10 karra oşib, yiliga 15-16 million tonnaga yetişi kutilmoqda. Davlat rahbari milliy temir yöl infratuzilmasini şunga mos ravişda rivojlantiriş zarurligini ta’kidlagan. 

Bugungi kunda temir yöllarning 25 foizi töliq quvvatda, 15 foizi esa ortiqça yuklama bilan işlamoqda. 

2030 yilgaça 545 kilometr yangi temir yöl liniyalarini quriş, elektrlaştirilgan yöllar uluşini 65 foizga, elektropoyezdlar parkini 31 taga yetkaziş rejalaştirilgan. 

Kelgusi yilda Angren – Pop temir yöl liniyasi modernizatsiya qilinadi, uşbu yönalişda ikkinçi liniya quriş masalasi ham körib çiqiladi. Aprel oyidan Töqimaçi – Angren yönalişida ikkinçi temir yöl qurilişi boşlanadi. 

Şuningdek, Toşğuzor – Qumqörğon uçastkalarining modernizatsiyasi yakunlanadi, Andijon – Xonobod va Qumqörğon – Quduqli yönalişlari töliq elektrlaştiriladi, Toşkent – Samarqand yönalişida alohida yuqori tezlikdagi liniya qurişga kirişiladi. 

Prezident xalqaro moliya taşkilotlari va investorlarni umumiy qiymati 8 milliard dollarlik mazkur loyihalarda hamkorlik qilişga çaqirgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing