Saida Mirziyoyeva BMT komissiyasining odil sudlov bo‘yicha sessiyasida qatnashdi

Jamiyat

image

Bugun, 1 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Avstriyaning Vena shahrida BMT Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov komissiyasining 35-sessiyasida ishtirok etdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Saida Mirziyoyevaning bildirishicha, sessiyada 175 ta davlatdan 1,5 mingdan ziyod yuqori martabali rahbar va ekspertlar ishtirok etgan. Bu yil O‘zbekiston ilk bor ushbu nufuzli tuzilmaga a’zo bo‘lgan.

“Men mamlakatimizda odil sudlov, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, jinoyatchilik profilaktikasi hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan milliy ma’ruza bilan so‘zga chiqdim”, deydi O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari.

Shuningdek, Saida Mirziyoyeva kiberjinoyatchilik, korrupsiya va oilaviy zo‘ravonlik chegara bilmasligini, shu sababli ularga qarshi ochiq muloqot, o‘zaro tajriba almashish va xalqaro hamkorlik orqali birgalikda kurashish zarurligini qayd etgan.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Saida Mirziyoeva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing