Tadbirkorlarga keng yöl oçib, zamonaviy sanoatni rivojlantiramiz – Saida Mirziyoyeva

O‘zbekiston

−

image

2027 yilda Özbekistonda asosiy soliqlar oşirilmaydi. Şuningdek, tadbirkorlarga keng yöl oçib, zamonaviy sanoatni rivojlantiriladi va yangi iş örinlari yaratiladi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva özining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

Uning bildirişiça, bugun, 13 noyabr kuni Prezident huzurida 2027-yilgi Davlat byudjeti va iqtisodiy ösişning yangi modelini muhokama qilingan.

“Asosiy soliqlar oşirilmaydi. Tadbirkorlarga keng yöl oçib, zamonaviy sanoatni rivojlantiramiz va yangi iş örinlari yaratamiz. Çunki iqtisodiyot qança kuçaysa, odamlar farovonligi uçun ham şunça köp imkoniyat paydo böladi: kelgusi yilda ham byudjetning eng katta qismi farzandlarimiz ta’limi, tibbiyot va mahallalar obodligiga ajratiladi”, deyiladi xabarda.

Prezident Administratsiyasi rahbarining yozişiça, bunda asosiy e’tibor raqamli nazorat va oçiqlikni kuçaytirişga qaratiladi.

“Toki har bir söm öz örnida işlatilib, odamlar bu özgarişlar natijasini öz oilasida, kundalik hayotida his qilsin”, deydi Saida Mirziyoyeva.

Eslatib ötamiz, avvalroq Prezident Şavkat Mirziyoyev 2027 yil uçun Davlat byudjetining maqsadli körsatkiçlari, asosiy makroiqtisodiy prognozlar hamda byudjet-soliq siyosatining ustuvor yönalişlari yuzasidan yiğiliş ötkazgani haqida xabar berilgan edi. Yiğilişda 2027 yilda ham asosiy soliq stavkalarini özgarişsiz saqlaş közda tutilayotgani ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing