Aslida tinçlik degani – har bir bolaning öz kelajagiga işonişi – Saida Mirziyoyeva

Jamiyat

−

image

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva özining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

“Parij tinçlik forumida köpçilikni bolalar taqdiri va Samarqandda biz kötargan masalalar çindan öylantirayotganini his qildim”, deydi Prezident Administratsiyasi rahbari.

Uning bildirişiça, aslida tinçlik degani – har bir bolaning qayerda va qanday oilada tuğilganiga qaramay, xotirjam öqişi, bexavotir ulğayişi va öz kelajagiga işonişi.

Ma’lumot uçun, Parij tinçlik forumi – bu global boşqaruv, xavfsizlik va xalqaro hamkorlik masalalariga bağişlangan nufuzli yillik anjuman. Uşbu forum 2018 yilda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron taşabbusi bilan Birinçi jahon uruşi tugaganining 100 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan.

Har yili noyabr oyida ötkaziladigan mazkur anjuman davlat va hukumat rahbarlari, xalqaro taşkilotlar, yirik biznes va fuqarolik jamiyati vakillarini bir maydonga jamlaydi. Forumning asosiy maqsadi – köp tomonlama hamkorlikni mustahkamlaş, iqlim özgarişi, kiberxavfsizlik, sun’iy intellektni tartibga soliş, global tengsizlik va qurolli nizolarning oldini oliş kabi zamonaviy tahdidlarga birgalikda yeçim topişdan iborat. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing