O‘zbekistonliklar yo‘q. OFK yilning eng yaxshilari bo‘lish uchun nomzodlarni e’lon qildi

Sport

−

image

Bugun, 16 oktyabr kuni Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) 2026 yil 19 noyabr kuni Bangkokda bo‘lib o‘tadigan OFK taqdirlash marosimi nomzodlarini e’lon qildi. Ro‘yxatdan o‘zbekistonlik futbolchilar o‘rin olmadi.

Qit’a futbolining eng nufuzli taqdirlash marosimida jami 19 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi. Ularning asosiy qismi yilning eng yaxshi futbolchilariga beriladigan mukofotlardan iborat.

OFKning yilning eng yaxshi erkak futbolchisi sovrini uchun Alirizo Beyranvand, Feras Al-Buraykan va Salim Al-Davsari kurash olib boradi. Ayollar o‘rtasida esa Holli Maknamara, Kim Kyon Yon va Kim Xe Ri nomzod sifatida ko‘rsatilgan.

Shuningdek, Li Kan In, Ayase Ueda va Hvan In Bom OFKning yilning eng yaxshi xalqaro futbolchisi mukofoti uchun da’vogarlik qilmoqda.

Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi nominatsiyasida yapon futbolchisi Ryunosuke Sato hamda uning hamyurtlari Maki Kitaxara va Rion Ichixara g‘oliblik uchun kurashadi.

Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov va Abdiqodir Husanov OFKning yilning eng yaxshi xalqaro futbolchisi mukofoti uchun nomzodlar qatoridan joy olishi mumkin edi. Behruz Karimov esa Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi nominatsiyasi uchun kurashish imkoniyatiga ega edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing