Iroqdagi AQSH harbiy bazasi raketa zarbasiga uchradi
Olam
−
26 iyul
7059Iroq g‘arbidagi amerikalik harbiylar joylashgan Ayn al-Assad aviabazasi raketalardan o‘qqa tutildi. Bu haqda “Shafaq news” portali xavfsizlik xizmatidagi manbasiga tayanib xabar berdi.
Bildirilishicha, bazaga kamida ikkita raketa uchirilgan, biroq ishlatilgan raketalar turi noma’lumligicha qolmoqda. Hujum ortida kim turgani haqida ham hozircha noma’lum.
“Xavfsizlik xizmatlari raketalar qaysi hududdan uchirilganini aniqlash bo‘yicha qidiruv ishlarini olib bormoqda”, deya qo‘shimcha qildi manba.
“Reuters”ning manbalariga tayanib xabar berishicha, ikkita raketa baza ichiga, ikkitasi esa uning perimetriga kelib tushgan.
Amerika rasmiysi “Al Arabiya News”ga zarba faktini tasdiqladi, shuningdek, hech qanday vayronagarchilik va qurbonlar haqida xabar berilmaganini qo‘shimcha qildi.
Ma’lumot uchun, shu oy boshida “ikkita uchuvchisiz uchish apparati Iroq g‘arbidagi Al-Anbar gubernatorligidagi Ayn al-Asad aviabazasi chekkasiga zarba bergandi”, unda ham ehtimoliy qurbonlar yoki moddiy zarar haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagandi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH va Buyuk Britaniya kuchlari Xodayda xalqaro aeroportiga zarba bergandi.
Azizbek Eshmamatov
LiveBarchasi