Rossiyalik deputatlar Putinni Olimpiya sulhiga chaqirdi

Olam

image

Rossiyalik deputatlar Parijdagi Olimpiya o‘yinlari vaqtida Ukrainadagi jangovar harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha sulhga chaqirdi. Bu haqda ular kecha, 25 iyul kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Rossiya Federatsiyasi siyosiy rahbariyatiga ochiq xat yo‘lladi.

Murojaatni 40 ga yaqin deputat imzolagan. Qayd etilishicha, deputatlar shaxsan Putinni “tinchlik va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik”ni namoyish etishga chaqirib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2000 yil 8 sentyabrdagi Ming yillik deklaratsiyasida Olimpiya sulhiga rioya qilish to‘g‘risida belgilangan sport an’analarini davom ettirishga ruxsat berishni taklif qilgan. 

“Insoniyatning eng yaxshi namunalariga ergashing!” deyiladi deputatlar murojaatida. 

Xatga imzo chekkan shahar deputatlarining aksariyati faol emas. Masalan, uni imzolaganlar orasida huquq himoyachisi va Moskva shahar dumasi sobiq deputati, Rossiyada “xorijiy agent” sifatida tan olingan Yevgeniy Stupin ham bor. Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Stupin Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishiga qarshi chiqqan va Rossiya rasmiylarining siyosiy qarorlari haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgan.

Ma’lumot uchun, Parijdagi Yozgi Olimpiya o‘yinlari 26 iyuldan 11 avgustgacha bo‘lib o‘tadi. Ularda rossiyalik va belaruslik sportchilar neytral maqomda bahslashadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Yer yuzidagi barcha qurolli mojarolar ishtirokchilarini Olimpiya yarashuvi ruhida qurollarini tashlashga chaqirgandi.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Parij Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made