O‘zbekiston va Ozarbayjon Xalq artisti Firudin Safarov vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
26 iyul 2024 10969 1 daqiqa
Bugun, 26 iyul kuni O‘zbekiston va Ozarbayjon Xalq artisti, taniqli rejissyor, opera sahnasining ajoyib ustasi Firudin Safarov 91 yoshda olamdan o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
“Firudin Safarov opera teatr san’atida o‘ziga xos o‘chmas iz qoldirgan noyob iste’dod egasi, o‘z kasbiga sadoqatli va fidoyi san’atkor sifatida qalblarimizda mangu yashaydi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Firudin Safarov sovet, ozarbayjon va o‘zbek musiqachisi, rejissyor, musiqa o‘qituvchisi bo‘lib, Ozarbayjon xalq artisti (1992), O‘zbekiston SSR xalq artisti (1986) unvonlarini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, Hamza nomidagi O‘zbekiston SSR Davlat mukofoti laureati hisoblanadi. U Toshkent davlat konservatoriyasida professorlik faoliyatini olib borgan.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr