Moskvada mashina portlatildi (video)
Olam
−
24 iyul
14201Bugun, 24 iyul kuni Rossiyaning Moskva shahri Sinyavinskaya ko‘chasidagi turarjoy binosi hovlisida noma’lum shaxs tomonidan shu yerda turgan avtomobil portlatib yuborildi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
Toyota Land Cruiser rusumli ushbu mashina portlashi oqibatida ikki kishi jabrlangani haqida bir qator OAVda turlicha talqinlar keltirilmoqda. Ularning aksariyati transport vositasida Rossiya Mudofaa vazirligi ofitseri, sun’iy aloqa radiomarkazi boshlig‘i o‘rinbosari, mayor Andrey Torgashov bo‘lgani haqida xabar berdi. Biroq Torgashovning o‘zi Moskvada avtomobil portlashi paytida jarohat olgani haqidagi xabarlarni rad etgan. Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchisi Torgashovning rafiqasi esa o‘zi va erining portlash oqibatida jabrlanganini inkor etgan va internetda tarqalgan xabarlarni feyk ekanini bildirgan.
Mayor Torgashov, hattoki, RIA Novosti nashri hamda RT telekanali bilan bo‘lgan suhbatda xabarlar noto‘g‘riligini so‘zlagan.
“Portlashning menga hech qanday aloqasi yo‘q, bularning bari soxta. Men bu tumanda yashamayman, yashash joyim boshqa tumanda”, degan mayor RIA Novosti nashriga.
Tergov qo‘mitasi avtomobil portlashiga aloqadorlikda gumonlanuvchi shaxsni aniqlaganini e’lon qildi. Biroq qo‘mita gumonlanuvchi haqida boshqa ma’lumotlar berib o‘tmagan. Keltirilishicha, mashinaga sig‘imi taxminan 500 gramm trotil bo‘lgan portlovchi qurilma o‘rnatilgan.
Umumiy ma’lumotlar ijtimoiy tarmoqlarda keng ko‘lamda yozilayotgan mamlakat harbiy xizmatchisi Torgashovning portlashda jarohatlangani haqidagi xabarlar yolg‘onligini ko‘rsatmoqda. Mayor haqida bunday xabarlar tarqalishiga, jabrlanuvchining familiyasi ham Torgashovligi turtki bo‘lgan.
TASS ma’lumotiga ko‘ra, hodisa yuzasidan Rossiya Federatsiyaci Jinoyat kodeksining 105-moddasi 30-qismi (qotillik suiqasdi) va 222-moddasi (o‘qotar qurol va o‘q-doriga noqonuniy egalik qilish) bilan jinoiy ish ochilgan. “Kommersant” esa ish terakt sifatida qayta tasniflanishi mumkinligini taxmin qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Voronej viloyatida Anna aholi punkti va Borisoglebsk shahri o‘rtasidagi ko‘prik portlatib yuborilgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi