Zoyir Mirzayev xodimlarini rag‘batlantirish uchun byudjetdan qariyb 3 mlrd so‘m ajratdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev xodimlarini rag‘batlantirish uchun viloyat byudjetidan 3 mlrd so‘mga yaqin pul ajratgani haqida xabarlar tarqaldi. Hokimning matbuot kotibi Behzod Qobulov vaziyatga izoh berdi.

Qobulovga ko‘ra, mazkur mablag‘lar hokimlikning 144 nafar apparat va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlariga, Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati hamda “Yangi ish o‘rinlarini tashkil etishni rag‘batlantirish hududiy jamg‘armasi” xodimlariga joriy yilning 2-yarim yillik ish haqlariga teng muvofiqlikda ajratilgan. 

“Xodimlarni rag‘batlantirish mezonlari mavjud bo‘lib, har oyda xodimlarning faoliyat samaradorligi7 ta yo‘nalishda baholanadi, bunda ijro va mehnat intizomi inobatga olinadi.  Ajratilgan mablag‘lar davlat rahbarining tegishli topshiriqlariga asoslanib, respublikamizda davlat boshqaruv organi xodimlarining ish haqlari muvofiqlashtirilguniga qadar to‘lanishi nazarda tutilgan”, deydi hokimning matbuot kotibi.

Eslatib o‘tamiz, bu yil bahorda Zoyir Mirzayev Navro‘z bayrami sayillarini tashkil etish uchun 620 million so‘m pul sarflagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Zoyir Mirzaev byudjet Hokim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made