Farg‘onada obodonlashtirish mansabdorlari byudjetdan qariyb 160 mln so‘m o‘mardi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari tomonidan 158,7 mln so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Qo‘shtepa tumani Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari “F. A.” xususiy korxonasi va “Q. Z.” MCHJ o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida 3,9 mlrd so‘mlik 6 084 tonna asfalt sotib olgan. Ular 26 ta MFY hududidagi 61 ta ko‘chada amalda bajarilmagan ishlarga 283 tonna asfalt qo‘shib yozgan va buning oqibatida 158,7 mln so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) hamda 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatida Guliston shahar obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari amalda ishlamagan fuqarolarga 1 mlrd so‘m ish haqi hisoblab, ushbu mablag‘larni o‘zlashtirgani aniqlangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing