“Arsenal”ning tumanli Londondan sehrli Amerikaga sayohati bekor qilindi

Sport 801
image

Angliyaning “Arsenal” klubi yangi mavsum oldidan yig‘in mashg‘ulotlarini AQSHda o‘tkazishni rejalashtirgan edi. Biroq “sehirli diyor” — Amerikaga sayohat bekor qilindi.

Gap shundaki, klub murabbiylari shtabida va xodimlar orasida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan va shu sababli, ular ikki haftalik karantinga olingan.

Endilikda ular mavsumoldi yig‘inini Londonning o‘zida o‘tkazishadi, AQSH safari esa bekor qilinadi. 

Eslatib o‘tamiz, Angliya Premer-ligasida yangi mavsum 14 avgust kuni start oladi.

Abdulla Mannonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 5
Reyting: 3
t
×