Toshkentdagi shifoxonalar yana bolalar bilan to‘lgani rostmi?

Jamiyat

image

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida yosh bolalar orasida tana harorati ko‘tarilib, tomoq og‘rig‘i ko‘paygani, oqibatda bolalar shifoxonasiga murojaatlar soni ortgani haqida videolavha tarqaldi. Bunga poytaxt SSB o‘z munosabatini bildirdi.

Unga ko‘ra, ushbu videoda aytilgan tibbiyot muassasasi Toshkent shahar 1-son bolalar klinik shifoxonasi bo‘lib, mazkur markaz 425 o‘ringa mo‘ljallangani aniqlangan. Shifoxonaga bir sutkada o‘rtacha 300-350 nafar bemor murojaat qilib, ulardan 55-65 nafari statsionar yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yotqiziladi. Qolganlarga esa birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, yashash hududi bo‘yicha oilaviy shifokor nazoratiga yuboriladi.

"Bugungi kunda ushbu tibbiyot muassasasi qabulxonasiga faqatgina tana harorati ko‘tarilishi yoki tomoq og‘rig‘i bilan emas, balki allergik toshmalar, ich ketishi, ko‘z va qorin og‘rig‘i, chaqaloqlarning qulog‘i og‘rishi, bezovtalik, appenditsit, disk churrasi kabi tashxislar bilan ham murojaat bo‘lmoqda. Oilaviy poliklinikalar faoliyati ertalab soat 08:00 dan kechki 20:00 gacha davom etishini inobatga olsak, tungi payt bemor bolalarga tibbiy yordam olish uchun asosan bolalar shifoxonasiga murojaat qilinadi. Natijada kechki vaqtda bemorlar soni birmuncha ortadi", deyiladi SSB izohida.

Bundan tashqari, poytaxtda respublika davolash muassasalaridan tashqari, bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi 5 ta klinik va 5 ta yuqumli kasalliklar shifoxonasi tun-u kun faoliyat yuritmoqda. 

Shulardan kelib chiqib, SSB poytaxt shifoxonalariga isitma va tomoq og‘rig‘i bo‘yicha murojaatlar soni ortgani haqidagi xabarlar asossiz ekanini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent bolalar shifoxonasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made