Daniya - Finlyandiya o‘yini noxush hodisa sabab to‘xtatildi

Sport 17563
image

Yevro-2020 musobaqasi “B” guruhi 1-turidan o‘rin olgan Daniya  – Finlyandiya uchrashuvi bahsning 43-daqiqasida rasman to‘xtatildi. Sababi, Daniya yetakchisi Kristian Eriksen maydonda to‘satdan hushidan ketdi va maydonda yiqildi.

Hushidan ketgach, futbolchiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun maydonga chiqqan shifokorlar tashxis natijasida uning ahvoli jiddiy ekanligini ta’kidlab, tezda shifoxonaga olib borish kerakligini aytgan.

O‘yin shu zahoti rasman to‘xtatilib, futbolchi tez yordam mashinasida eng yaqin shifoxonaga olib ketilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Eriksen yiqilgan vaziyatda hech qanday to‘qnashuv yoki urilish bo‘lmagan, shifokorlar buni yurak xuruji deb taxmin qilishgan. Hozircha uning holati bo‘yicha ramiy xabar berilmadi.

Uchrashuvning qolgan qismi qachon davom ettirilishi ham ma’lum emas.

Abdulla Mannonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 1037
Reyting: 2.9
t
×