“Xo‘rozqand chet elniki”. Adliyachilar oromgohida qimmatbaho spirtli ichimliklar tortiladimi?

Jamiyat

image

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Adliya vazirligi huzuridagi “Konvension markaz” davlat muassasasi tomonidan jami 207 mln 260 ming so‘mga chet elda ishlab chiqarilgan spirtli ichimliklar (vino, aroq, viski, liker, martini, rom, brendi va hokazolar) xarid qilingani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Jumladan, maxsus axborot portalida 15 mln 410 ming so‘mga 46 dona “Jack Daniel’s Old №7” (AQSH; viski; 0,7 l.; narxi – 335 ming so‘m), 24 mln so‘mga 60 dona “Vodka Onegin” (Rossiya; aroq; 0,7 l.; narxi – 400 ming so‘m), 8 mln 400 ming so‘mga 24 dona “Kingston 62 white” (Yamayka; rom; 1,0 l.; narxi – 350 ming so‘m), 7 mln so‘mga 24 dona “Riserva Speciale Rubino” (Italiya; martini; 0,7 l.; narxi – 292 ming so‘m), 8 mln 880 ming so‘mga 24 dona “Campari” (Italiya; liker; 0,7 l.; narxi – 370 ming so‘m) va shu kabi bir qancha “importniy” alkogolli mahsulotlar sotib olingani haqida ma’lumotlar joylashtirilgani aytilgan.

Ushbu holatga Adliya vazirligi axborot xizmati munosabat bildirdi. 

Unga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan spirtli ichimliklarni sotib olish yuzasidan shartnoma tuzilganligi masalasi bo‘yicha Camphir Distribution Co MCHJ bilan respublika tovar xomashyo birjasining elektron portali orqali tuzilgan 2023 yil 27 fevraldagi 57-son shartnoma 2023 yil 6 aprelda bekor qilingan hamda spirtli ichimliklar xaridi amalga oshirilmagan.

Shuningdek, “Konvension markaz” davlat muassasasi adliya organlari va muassasalari ish faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda xodimlarni sog‘lomlashtirish maqsadida tashkil qilingan. Ushbu davlat muassasasi o‘z ustaviga muvofiq yuklatilgan vazifalardan tashqari, aholi va xorijiy sayyohlarga sifatli umumiy ovqatlanish, bar va restoran xizmatlarini ham ko‘rsatadi.

Ma’lumot uchun, Adliya vazirligiga tegishli “Konvension markaz” Bo‘stonliq tumani “Xumson” MFYda joylashgan “Olmos” dam olish maskani hisoblanadi.  Unda Adliya vazirligi tizimidagi xodimlar va ularning oila a’zolari hordiq chiqaradi.


Maqola muallifi

Teglar

Adliya vazirligi spirtli ichimliklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made