Özbekistonda banklarni naqd pul bilan ta’minlaş tartibi yangilandi
O‘zbekiston
−
11:05 160 3 daqiqa
Özbekistonda banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir işlarni taşkil etiş tartibi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi davlat röyxatidan ötkazgan “Özbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir işlarni taşkil etiş töğrisidagi yöriqnoma”da belgilangan.
Hujjatga köra, banklarni naqd pul bilan ta’minlaş, aholi va tadbirkorlarga naqd pul beriş, banknot va tangalarni muomalaga çiqariş hamda banklar örtasida naqd pullarni taqsimlaş tartibi belgilandi. “Naqd pullarning elektron maydoni” dasturiy majmuasi orqali ortiqça naqd pulga ega banklar boşqa banklarga mablağ taklif qiladi. Naqd pulga ehtiyoji bölgan banklar esa elektron talabnoma yuboradi. Naqd pullar banklar örtasida inkassatsiya xizmati orqali yetkazib beriladi.
Şuningdek, banklar har oyda naqd pul kirimi va çiqimi böyiça prognoz tayyorlab, uni oy boşlanişidan kamida uç bank iş kuni oldin elektron şaklda taqdim etadi.
Yöriqnomaga köra, muomalaga çiqariladigan pul belgilarda quyidagilar bölişi şart:
- pulning raqamlar bilan ifodalangan nominal qiymati;
- pul belgilarini bir-biridan oson farqlaş imkonini beruvçi ölçam va ranglar;
- Markaziy bankning nomi;
- pul belgisi dizayni va namunasi tasdiqlangan yil;
- Özbekiston Respublikasi Davlat gerbi yoki Davlat bayroği tasviri;
- qalbakilaştirişdan himoyalovçi elementlar.
Bundan taşqari, banknotlarda ularning seriyasi va raqami, nominal qiymatining yozuv bilan ifodasi, barça turdagi tölovlar uçun qabul qilinişi majburiyligi hamda qalbakilaştirganlik uçun javobgarlik töğrisidagi yozuvlar bölişi lozim.
Pul belgilarining dizaynida Özbekiston tarixi, milliy madaniyati, qadriyatlari, buyuk allomalar va mamlakatimiz yutuqlarini aks ettiruvçi tasvirlardan foydalaniladi. Ulardagi barça yozuvlar davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida yoziladi. Şuningdek, pul belgilari inson salomatligi uçun xavfsiz xomaşyolardan tayyorlanişi va zamonaviy himoya elementlariga ega bölişi kerak.
Yöriqnomada aholi va tadbirkorlarning naqd pul oliş huquqi ham kafolatlangan. Banklar fuqarolar va tadbirkorlarning hisobvaraqlarida mavjud mablağlari doirasida naqd pul olişga bölgan talablarini birinçi talab böyiça uzluksiz qondirişi şart. Şu bilan birga, banklar muomaladagi naqd pullarni nominal qiymati böyiça moneliksiz qabul qiladi.
Banklar mijozlarning naqd pulga bölgan ehtiyojini va bankomatlardagi naqd pul aylanmasini muntazam tahlil qiladi. Naqd pul yetişmasligi kutilganda esa qöşimça mablağlarni jalb etiş çoralarini köradi. Markaziy bank va tijorat banklari talabga köra bir nominaldagi pul belgilarini boşqa nominaldagi pul belgilarga heç qanday tölov yoki vositaçilik haqisiz ayirboşlaydi.
Yangi banknot va tangalar muomalaga çiqarilişidan kamida bir hafta oldin bu haqda aholiga xabar beriladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda Mablağlarni taqsimlaş markazi orqali fuqarolarga iş haqini özlari tanlagan bank kartasi yoki elektron hamyonga oliş imkoniyati yaratilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi