Putin Rossiyadan O‘zbekistonga 1 mln rubldan ortiq naqd pul olib chiqishni taqiqladi

Olam

−

image

Rossiyadan O‘zbekiston, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Tojikistonga 1 million rubldan ortiq naqd pulni olib chiqish taqiqlandi. Bu haqda bugun, 29 sentyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “Rossiya Federatsiyasidan naqd Rossiya Federatsiyasi valyutasi va quyma ko‘rinishidagi oltinni olib chiqishning alohida tartibi to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjatda aytilishicha, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga summasidan qat’i nazar ushbu mamlakatlarga naqd pul olib chiqish prinsipial jihatdan man etiladi. Farmonda istisno holatlar ham ko‘zda tutilgan.

Xususan, cheklovlar yuridik shaxslar tomonidan naqd pulning tranzit tashilishiga hamda Rossiyaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari faoliyatini ta’minlash uchun rubl olib chiqilishiga tatbiq etilmaydi.

Boshqa holatlarda naqd pulni hukumat tomonidan ro‘yxati belgilanadigan muayyan aeroportlar orqali olib chiqish mumkin bo‘ladi. Bunda yonida pul uni olib o‘tayotgan shaxsning hisobvaraqlaridan yechib olingani to‘g‘risida bank ko‘chirmasi bo‘lishi talab etiladi.

Taqiq buzilgan taqdirda pullar musodara qilinadi: yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlardan to‘liq hajmda, jismoniy shaxslardan esa ruxsat etilgan 1 million rubl limitidan ortiqcha qismi olib qo‘yiladi.

Ma’lumot uchun, Yangi farmon Putin tomonidan 2026 yilning aprel oyida joriy etilgan naqd pul va altin olib chiqish bo‘yicha cheklovlarni yanada kuchaytiradi. O‘shanda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlariga 100 ming dollar ekvivalentidan ortiq bo‘lgan naqd rubl, shuningdek, umumiy vazni 100 grammdan ortiq bo‘lgan quyma ko‘rinishidagi affinaj qilingan oltinni olib chiqish taqiqlangan edi. 2026 yilning sentyabr oyida Rossiya Markaziy banki “bu yo‘nalishda yanada ko‘proq tartib kerakligini” bildirib, qoidalarni takomillashtirishga chaqirgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing