Özbekistonda ekstremistik manbalarning elektron röyxati yuritiladi

Jamiyat

−

image

Endilikda Adliya vazirligi ekstremistik taşkilotlar, materiallar va manbalarning elektron reyestrini yuritadi. Bu “Ekstremizmga qarşi kuraşiş töğrisida” gi qonunga kiritilgan qöşimçalarda belgilangan.

Reyestr vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylaştiriladi va barça foydalanuvçilar uçun oçiq böladi. Elektron reyestrga quyidagilar kiritiladi:

  • ekstremistik faoliyatga aloqadorligi sababli faoliyati töxtatib turilgan taşkilotlar;
  • ekstremistik taşkilot deb topilgan taşkilotlar;
  • ekstremistik material deb topilgan materiallar;

telekommunikatsiya tarmoqlari yoki Internetda bir yil davomida ikki va undan ortiq marta ekstremistik materiallar joylaştirilgan va tarqatilgan elektron manbalar.

Material yoki manbani ekstremistik deb topiş töğrisidagi iltimosnoma ekstremizmga qarşi kuraşiş böyiça faoliyatni amalga oşiruvçi davlat organlari tomonidan Boş prokuraturaga taqdim etiladi.

Iltimosnomaga material yoki manbada ekstremistik material mavjudligini tasdiqlovçi ekspertiza xulosasi ilova qilinişi şart.

Boş prokuratura taqdim etilgan hujjatlarning asosliligini tekşiradi. Iltimosnoma asosli deb topilgan taqdirda, material yoki manbani ekstremistik deb topiş töğrisidagi ariza Boş prokuror yoki uning örinbosari tomonidan Oliy sudga kiritiladi.

Material yoki manbani ekstremistik deb topiş Oliy sud tomonidan qonunda belgilangan tartibda amalga oşiriladi.

Eslatib ötamiz, 3 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy sudi internet jahon tarmoğidagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik ğoyalari bilan yöğrilgan deb topilgan hamda Özbekiston Respublikasining hududiga olib kiriş, tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş va namoyiş etilişi taqiqlangan manba va kontentlar (materiallar) röyxatini e’lon qilinganligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing