Endi banklardan hujjatsiz 500 dollargacha sotib olish mumkin

Jamiyat

image

Endilikda O‘zbekistonda banklardan 500 AQSH dollarigacha miqdorda naqd xorijiy valyutani sotib olishda pasport, ID-karta yoki ularning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat talab etilmaydi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Mazkur tartib Adliya vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining joriy yil 8 may kuni qabul qilingan 12/0473-sonli qarori asosida joriy etildi hamda kecha, 9 avgustdan kuchga kirdi.

Avval banklardan hujjatsiz xorijiy valyuta sotib olish mumkin bo‘lgan miqdor 100 AQSH dollarini tashkil etgan. Yangi tartib bilan ushbu limit 500 dollargacha oshirildi.

“Adliya vazirligi aholiga yengillik yaratishga qaratilgan tashabbuslarni amaliyotga joriy qilishni o‘zining eng asosiy vazifalaridan biri deb hisoblaydi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy bank tomonidan fuqarolarning banklardan pasport yoki ID-kartasiz sotib olishi mumkin bo‘lgan naqd xorijiy valyuta miqdorini 100 AQSH dollaridan 500 dollargacha oshirish taklif qilingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing