Xitoy va AQSH dushman emas, sherik bo‘lishi kerak – Si Szinpin

Olam

image

Xitoy rahbari Si Szinpin AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashdi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.

Xitoy rahbari AQSH Davlat kotibini bugun, 26 aprel kuni tushdan keyin Pekindagi Xalq majlislari zalida qabul qildi. Si Szinpin Xitoy va Qo‘shma Shtatlar raqib emas, sherik bo‘lishi va umumiy til topishi kerakligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, bu yil Xitoy va AQSH o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 45 yil to‘ladi.

“45 yil davomida Xitoy-AQSH munosabatlari ko‘plab qiyinchiliklarni boshdan kechirdi, bu bizga ko‘plab muhim saboqlarni berdi: ikki davlat raqib emas, sherik bo‘lishi kerak. Biz raqobat uchun maydonlarni emas, umumiy tillarni izlashimiz kerak”, degan Si Szinpin.

Uning aytishicha, Xitoy-AQSH munosabatlari so‘nggi paytlarda oldinga siljigan, ammo hal qilinishi kerak bo‘lgan muammolar ko‘p.

Blinken 24 aprel kuni Shanxayga yetib keldi va Xitoyga ishchi safarini boshladi. Shanxayda u Shanxay partiya qo‘mitasi kotibi Chen Jining bilan uchrashdi. U Shanxaydagi Nyu-York universitetiga ham tashrif buyurdi. Blinken kecha, 25 aprel kuni kechqurun Pekinga yetib keldi. Bu Blinkenning AQSH Davlat kotibi sifatidagi faoliyati davomida Xitoyga ikkinchi tashrifidir.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Entoni Blinken Pekinda Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashgandi. Van I Blinkenga Qo‘shma Shtatlar Xitoyning suvereniteti va xavfsizligiga oid qizil chiziqlarni buzmasligi kerakligini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy Si Tszin'pin Entoni Blinken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing