“Noqonuniy”. Rubio Xalqaro jinoiy sudni keskin tanqid qildi
Olam
−
18:34 147 2 daqiqa
AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio Xalqaro jinoiy sudni (XJS) tanqid ostiga olib, uni “noqonuniy” deb atadi hamda xalqaro huquqdan Vaşingtonning taşqi siyosiy qarorlariga bosim ötkaziş vositasi sifatida foydalanişda aybladi. Bu haqda u Konservativ yuridik birlaşma – “Federalist Society” tomonidan taşkil etilgan Huquqşunoslar milliy qurultoyida gapirdi.
Rubio öz nutqida Amerika ma’muriyatining taşqi siyosiy qarorlari “xalqaro huquqni buziş” degan vaj bilan tanqid qilinayotganini aytgan. Şu bilan birga, Amerika diplomatiyasi rahbari XJSni “soxta va noqonuniy” institut deb atagan.
“Uşbu global elita uçun xalqaro huquq xolis qoidalar töplami emas, balki ular universal tamoyillarni himoya qiliş bahonasida öz manfaatlarini ilgari suriş uçun foydalanadigan vositadir”, deydi u.
Rubio, şuningdek, AQŞ Prezidenti Donald Trampning XJSga qarşi sanksiyalar joriy etiş töğrisidagi qarorini himoya qilib, sud öz yurisdiksiyasini hatto uning vakolatlarini tan olmaydigan suveren davlatlarga ham tatbiq etişga urinayotganini bildirgan.
“Amerikaliklar heç qaçon XJS yurisdiksiyasiga böysunişga rozi bölmagan, biroq uşbu sud va uning ittifoqçilari özlarini xalqaro tartibning sudyalari, hakamlari va jallodlari deb e’lon qilişdi”, deydi Davlat kotibi.
Eron atrofidagi vaziyatga töxtalar ekan, Rubio Tehronning yadro quroliga ega bölişi mintaqa va AQŞ uçun jiddiy tahdid tuğdirişini ma’lum qilgan.
“Tasavvur qiling, agar Eronda yadro quroli bölganida nima bölardi? Ular butun mintaqani va hatto Qöşma Ştatlarni ham garovda uşlab turgan bölardi”, deydi u.
Rubio, şuningdek, Eronni ekspansionistik siyosat yuritişda ayblab, uni Şimoliy Koreyaga qarama-qarşi qöygan. Uning ta’kidlaşiça, Tehrondan farqli ölaroq, Pxenyanning asosiy maqsadi boşqa davlatlar hududlarini bosib oliş emas, balki amaldagi rejimni saqlab qoliş.
Davlat kotibi AQŞning iqtisodiy bosimi Eronni sezilarli darajada zaiflaştirganini qayd etgan.
“Biz hozir Eronga ötkazayotgan iqtisodiy bosim şu qadar kuçliki, harbiy operatsiyalar ötkazişga hojat yöq”, deydi Rubio.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Xalqaro jinoiy sudga qarşi sanksiyalar kiritgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr