Xuddi 2004 yilgi turnirdagidek ishtiyoqim baland — Ronaldu

Sport 1143
image

Yevro-2020 oldidan “Yuventus” klubi hamda Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zini 2004 yilgi Yevropa chempionatidagidek ishtiyoqli his qilmoqda. Bu haqda u “Marca” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Xuddi ilk Yevropa chempionatidagi ishtirokim singari motivatsiyaga to‘laman, 2004 yilda ham shunday ishtiyoqli edim. Bu musobaqa men uchun juda katta ahamiyat kasb etadi. Muxlislar ishonchi bizning ambitsiyalaramizga ta’sir qiladi, bu bizga qo‘shimcha mas’uliyat hamdir.

Agar jamoa birgalikda mehnat qilib, bor kuchi bilan turnirni yutishga harakat qilsa, hammasi ko‘ngildagidek bo‘ladi. Sardor bo‘lish yaxshi, chunki siz jamoani boshqarib turasiz, agar ular sizga quloq solishsa, bu ikki karra ustunlik berishi aniq”, deydi u.

Krishtianuning fikricha, Portugaliya amaldagi chempion nomini munosib himoya qilib, musobaqada yana g‘alaba qozonishga qodir va u bunga ishonadi.

Abdulla Mannonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 10
Reyting: 2.8
t
×