Rossiya Latviya diplomatlarini mamlakatdan quvdi

Olam

image

25 aprel kuni Latviyaning Rossiyadagi muvaqqat ishlar vakili Datse Rutka Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. Bu haqda Rossiya TIV xabar berdi.

“Latviya diplomatik missiyasi rahbariga Rossiyaning Latviyadagi elchixonasining ikki diplomati hech qanday asossiz “persona non grata” deb e’lon qilingani munosabati bilan keskin norozilik bildirildi. O‘zarolik tamoyilidan kelib chiqib, shuningdek, 1961 yilgi Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasining 9-moddasiga muvofiq, Latviya elchixonasining ikki diplomatik xodimi Rossiyadan chiqarib yuborilayotgani ma’lum qilindi”, deyiladi TIV bayonotida.

Vazirlikning ta’kidlashicha, agar Latviya rossiyalik diplomatlarga qarshi dushmanlik harakatlarini davom ettirsa, Moskva muqarrar ravishda Riga uchun boshqa “og‘riqli” qadamlar qo‘yadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Latviya Tashqi ishlar vaziri Krishyanis Karinsh rossiyalik diplomatlardan birini persona non grata deb e’lon qilishga qaror qilgandi. Diplomatga 10 aprelgacha mamlakatni tark etish buyurilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Latviya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing