Rossiya Finlyandiya diplomatlarini mamlakatdan quvmoqchi. Xelsinkining javobi qanday?

Olam

image

Rossiya hukumati 2023 yil 1 oktyabrdan Finlyandiyaning Sankt-Peterburgdagi bosh konsulligi faoliyatiga roziligini qaytarib oladi va to‘qqiz nafar Finlyandiya diplomatini mamlakatdan chiqarib yuboradi. Bu haqda Finlyandiyaning Moskvadagi elchisi Antti Xelanterning chaqiruvi munosabati bilan bugun, 6 iyul kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan bayonotda aytildi.

“Finlyandiya rasmiylarining qarama-qarshi harakatlariga javoban Rossiya tomoni 1 oktyabrdan Finlyandiyaning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligi faoliyatiga roziligini qaytarib olishga qaror qildi”, deyiladi xabarda.

Rossiya TIV ma’lumotlariga ko‘ra, Antti Xelanterga 2023 yil iyun oyida Rossiyaning to‘qqiz nafar xorijiy vakolatxonalari vakilining Finlyandiyadan chiqarib yuborilishi munosabati bilan Finlyandiyaning Rossiyadagi elchixonasi va Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligining to‘qqiz nafar xodimi persona non grata deb e’lon qilingani haqida ma’lum qilingan.

“Finlyandiyaning NATOga kirishi Rossiya Federatsiyasi xavfsizligiga tahdid tug‘dirishi, Kiyevni urushga kirishishga undashi va uni G‘arb qurollari bilan ta’minlashi Rossiyaga qarshi aniq dushmanona harakatlarni anglatadi. Finlyandiya hukumatining bunday yo‘nalishi javobsiz qolishi mumkin emas”, deyiladi TIV bayonotida.

Shundan so‘ng, Finlyandiya Prezidenti Sauli Niinistyo bunga javoban Turkudagi Rossiya konsulligi yopilishini aytgan. 

"Biz javob choralarini tayyorlayapmiz. Sankt-Peterburg Bosh konsulligining yopilishiga teng javob Rossiyaning Turkudagi konsulligining yopilishidir", deb yozgan u Twitter’dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Germaniya Rossiyadagi vakolatxonalarida ishlaydigan 100 dan ortiq xodimni ishdan bo‘shatishini ma’lum qilgan edi. Mart oyi oxirida Germaniya 30 dan ortiq rossiyalik diplomatni persona non grata deb e’lon qildi. May oyi boshida Germaniya missiyalarining bir guruh xodimlari Rossiyani tark etdi. May oyi oxirida esa Berlin Rossiyaning Germaniyadagi beshta bosh konsulligidan to‘rttasining faoliyatiga berilgan ruxsatnomani bekor qilishga qaror qildi. Shuningdek, Norvegiya Rossiyaning 15 diplomatini persona non grata deb e’lon qilishi ortidan Rossiya ham Norvegiyaning o‘n nafar diplomatini persona non grata deb e’lon qildi. Shvetsiya bilan bo‘lgan shu kabi holatda esa har ikki tarafdan 5 nafardan diplomatlar mamlakatlardan “haydab” chiqarildi. Aynan shu kabi holatlar AvstriyaMoldavaXorvatiyaEstoniyaBolgariya va Litva bilan ham kuzatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Finlyandiya persona non grata

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing