Litva Rossiyaning muvaqqat ishlar vakilini “quvdi”
Olam
−
03 Oktabr 2022
5072Rossiya Federatsiyasining Litvadagi muvaqqat ishlar vakili Sergey Ryabokon “persona non grata” deb e’lon qilindi. Bu haqda Boltiqbo‘yi respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Diplomatik idora unga besh kun ichida mamlakatni tark etish buyurdi.
“3 oktyabr kuni Rossiyaning Litvadagi elchixonasi vakili Litva TIVga chaqirildi, unga nota topshirildi. Unga ko‘ra Rossiya Federatsiyasining Litvadagi Muvaqqat ishlar vakili Sergey Ryabokon istalmagan shaxs sifatida e’lon qilindi. Ryabokon besh kun ichida mamlakatni tark etishga majbur”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Estoniya, Latviya, Litva va Polsha 19 sentyabrdan boshlab Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlarida berilgan Shengen vizasi bilan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishiga taqiq joriy qilgandi.
LiveBarchasi