Rossiya Litvaga norozilik “nota”si yo‘lladi
Olam
−
28 iyul 2022
10454Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Kaliningrad sabab Litva TIVga "nota" yo‘lladi. Bu haqda Rossiyaning Litvadagi Muvaqqat ishlar vakili Sergey Ryabokon bugun, 28 iyul kuni “Rossiya-24” telekanali efirida ma’lum qildi.
"Nota" yo‘llashga Kaliningradga tranzit uchun foydalanilgan Litvaning “Shaulyay bank”i tez orada Rossiyaga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatishi haqida ogohlantirgani sabab bo‘lgan.
“Litva mamlakati butun Kaliningrad yuk tranzitini bitta bankka tutashtirdi, bu “Shaulyai bank”. “Shaulyay bank” 1 sentyabrdan boshlab Rossiya bilan barcha bank munosabatlarini to‘xtatishi haqida xabar berdi. Biz bunga e’tibor qaratdik, "nota" yozdik. Kecha Litva Tashqi ishlar vazirligida bo‘lganimda, men ularga savol berdim, “Shaulyay bank” bo‘yicha "nota"ni shaxsan ularga topshirdim”, degan Ryabokon.
Malumot uchun, Litva Respublikasi 18 iyun kuni sanksiyalangan tovarlarning Kaliningradga tranzitini to‘xtatdi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi va Kreml Vilnyusning xatti-harakatlari noqonuniy va xalqaro kelishuvlarga zid ekanligini ta’kidladi. Litva hukumati va Yevropa Ittifoqi rahbariyati, o‘z navbatida, mamlakat hech qanday bir tomonlama yoki qo‘shimcha cheklovlar kiritmaganini, faqat “sanksiyalarni izchil qo‘llayotganini” ta’kidladi.
Iyun oyi oxirida “Reuters” agentligi YeI Moskva bilan ziddiyatni yumshatish uchun Litva orqali Kaliningrad viloyatiga tranzit cheklovlarini bekor qilish niyatida ekanini xabar qildi.
Ko‘p o‘tmay Litva YeI taklifiga rozilik bildirdi va Rossiyaning Kaliningradga transhzit qilinadigan mahsulotlarini sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishini ma’lum qildi.
LiveBarchasi