Litva Kaliningrad blokadasini to‘xtatishga rozi bo‘ldi

Olam

image

Litva Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqi hududi orqali Kaliningrad viloyatiga yuklarni tranzit qilish bo‘yicha Yevropa komissiyasining yangilangan qoidalarini qo‘llab-quvvatladi. Yangi tartib faqat avtomobil transportida yuk tashishni taqiqlaydi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Vazirlikning ta’kidlashicha, sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan yuklarni Kaliningrad viloyatiga quruqlikdan olib o‘tishni to‘liq taqiqlashga imkon beruvchi YeIning avvalgi qoidalari yanada maqbulroq bo‘lgan.

Litva rasmiylari, shuningdek, Rossiya tomonidan tranzit imkoniyatlarini suiiste’mol qilishga urinishlarni sinchkovlik bilan kuzatish, prinsipial baholash va samarali tekshirish orqali sanksiyalar ijrosini ta’minlashga va’da berdi.

Agar bunday holatlar aniqlansa, Litva bir tomonlama tartibda “bunday urinishlarning oldini olish” huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Malumot uchun, Litva Respublikasi 18 iyun kuni sanksiyalangan tovarlarning tranzitini to‘xtatdi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi va Kreml Vilnyusning xati-harakatlari noqonuniy va xalqaro kelishuvlarga zid ekanligini ta’kidladi. Litva hukumati va Yevropa Ittifoqi rahbariyati, o‘z navbatida, mamlakat hech qanday bir tomonlama yoki qo‘shimcha cheklovlar kiritmaganini, faqat “sanksiyalarni izchil qo‘llayotganini” ta’kidladi.

Iyun oyi oxirida “Reuters” agentligi YeI Moskva bilan ziddiyatni yumshatish uchun Litva orqali Kaliningrad viloyatiga tranzit cheklovlarini bekor qilish niyatida ekanini xabar qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Litva

Baholaganlar

247

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing