Rossiya Litvaga ultimatum qo‘ydi
Olam
−
20 iyun 2022
27331Agar Litva yaqin kelajakda Kaliningrad viloyatiga yuk tranzitini to‘liq tiklamasa, Rossiya milliy manfaatlarni himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilgan.
“Biz Litva tomonining xalqaro-huquqiy majburiyatlarni, birinchi navbatda, Rossiya Federatsiyasi va Yevropa Ittifoqining 2002 yildagi Kaliningrad viloyati va Rossiya Federatsiyasining qolgan hududi o‘rtasidagi tranzit to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotini buzuvchi provokatsion choralarini ochiqcha dushmanlik sifatida ko‘rib chiqamiz”, deyiladi bayonotda.
Shu munosabat bilan Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Litvaning Muvaqqat ishlar vakili Virjiniya Umbraseneni chaqirib, unga keskin norozilik bildirgan.
Litva temir yo‘llari Kaliningrad temir yo‘lini 18 iyundan boshlab Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga duchor bo‘lgan yuklarning tranzitini to‘xtatish haqida ogohlantirgandi. Hudud gubernatori Anton Alixonov Kaliningrad viloyati parom majmuasi Vilnyus qarori fonida qo‘shimcha yuklarni tashish imkoniyatiga ega ekanini ta’kidladi. Neft mahsulotlarini Litva orqali tranzit qilish davom etmoqda, ularning tranziti 10 avgustgacha cheklanmagan.
Rossiya Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov Litva hukumatining qarorini noqonuniy va qabul qilib bo‘lmas deb baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu vaziyat chuqur tahlilni talab qiladi va shunga ko‘ra, javob choralari ko‘riladi.
LiveBarchasi