Litvaga javob tayyorlanyapti – Peskov
Olam
−
22 iyun 2022
18613Rossiya hukumati Kaliningrad viloyatiga tovarlar tranziti cheklangani munosabati bilan Litvaga javob qilish masala muhokama qilinmoqda, turli choralar ko‘rilmoqda. Bu haqda Rossiya Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Choralar tayyorlanmoqda. Biz hamma narsani sinchkovlik bilan o‘lchab ko‘rganimizdan so‘ng, nimadir haqida gapira boshlaymiz”, degan u va aniq qarorlar muhokama qilinayotganini qo‘shimcha qilgan.
Aniqlik kiritishuvchi savolga javoban Kreml matbuot kotibi turli chora-tadbirlar ko‘rlishi mumkinligini ta’kidlagan.
Rossiya Litva tomonidan Kaliningradning transport blokadasiga munosabatni tanlashda aniq shakl yoki vaqtga e’tibor qaratmaydi. Asosiysi, cheklovlarga javob berish, deydi Peskov.
“Qachonki biz tayyor bo‘lsak, o‘shanda kutishimiz mumkin. Hech qanday aniq shakl yo‘q. Bu yerda biz uchun asosiysi bunday noxush qadamlarga javob berish va hech qanday muddatga rioya qilmaslik”, degan Kreml vakili.
Rossiya hukumatining Litva hududi orqali Kaliningradga yuk tranzitini cheklash fundamental hujjatlarga zid ekanligiga ishonchi komil, deya xulosa qilgan Prezident matbuot kotibi.
Eslatib o‘tamiz, Litva Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga kiritilgan mahsulotlarni o‘z hududi orqali Rossiyaning Kaliningrad viloyatiga tranzit qilishni cheklab qo‘ydi. Bunga Rossiya TIV tahdidomuz munosabat bildirdi.
LiveBarchasi