G‘ildiraklar ostida qolgan taqdirlar

Jamiyat

image

Bugun rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda deyarli har kuni kimdir yo‘l transport hodisasi oqibatida bevaqt hayotdan ko‘z yumadi. Bu holat O‘zbekiston uchun ham begona emas. Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida qariyb 1700 nafar fuqaro YTHda vafot etdi. 

Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 9 oy mobaynida 6551 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Ushbu YTHlarida minglab odamlar jarohatlandi. Qanchadan qanchasi bir umrga nogiron bo‘lib qoldi. Kimdir otasidan, kimdir onasidan ayrildi. Hali voyaga yetmagan go‘daklar tuproqqa qo‘yildi. 

Statistik ma’lumotlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, joriy yilning oktyabr oyiga qadar YTH oqibatida 5920 nafar odam jarohatlanib, ba’zilari butun umrga to‘shakka mixlanib qolgan, 1682 kishi esa endi oramizda yo‘q. 

Ijtimoiy tarmoqlarda bitta mashina butun bir oilaning yo‘q bo‘lib ketishiga sabab bo‘lgani haqidagi xabarlarni o‘qib, yuragingiz orqaga tortib ketadi. 

Bugun 15 oktyabr kuni 2021 yilda yuz bergan mudhish avtohalokatlarni esga olamiz. 


21 sentyabr kuni Andijon shahri, Bog‘ishamol dahasida Tracker ishtirokidagi ayanchli yo‘l-transport hodisasi oqibatida 3 nafar talaba bevaqt hayotdan ko‘z yumdi. 


1 sentyabr kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanida Damas avtomobili yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Oqibatda mashina salonida bo‘lgan haydovchining farzandi halok bo‘ldi.


19 sentyabr kuni Xorazmda Tasuma avtomobili Isuzu bilan to‘qnashib, 4 kishi vafot etdi. 


28 iyun kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida katta tezlikda harakatlanib kelayotgan Lacetti avtomobili daraxtga borib urilishi oqibatida haydovchi bu hayotdan ko‘z yumdi. 


18 sentyabr kuni Andijonda 6 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda Damas avtomobilida kelayotgan yo‘lovchi vafot etdi.


11 sentyabr kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida Matiz 13 yoshli qizni urib yubordi. 


1 iyul kuni Samarqand viloyatining Payariq tumanida Isuzu rusumli avtobus va Damas to‘qnashishi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi. 


27 iyun kuni Navoiyda Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi uxlab qolib, qarama-qarshi yo‘lda harakatlanib kelayotgan Howo yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Oqibatda ikki kishi vafot etdi.


24 may kuni Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida Nexia-2 yo‘l chetida borayotgan 6 nafar maktab o‘quvchisini urib yubordi. Oqibatda o‘quvchilardan 4 nafari olgan og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida halok bo‘ldi.


24 may kuni Toshkent viloyati Angren shahrida 8 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda 5 nafar fuqaro voqea joyida vafot etdi.


11 may kuni Qoraqalpog‘istonning Nukus shahri yaqinida 3 ta avtomobil ishtirokidagi mudhish yo‘l-transport hodisa natijasida 6 kishi halok bo‘ldi.  


19 aprel kuni Toshkent shahri Beruniy ko‘chasida Matiz va Nexia-3 to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi.


27 mart kuni poytaxt Toshkentda ro‘y bergan mudhish YTH 2 kishini hayotdan olib ketdi.


23 fevral kuni Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida Lacetti-2 va Matiz ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida ikki nafar ayol halok bo‘ldi. 


8 fevral kuni Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida Cobalt va Lada rusumli avtomobillar to‘qnashuvida ikki kishi halok bo‘ldi.


10 yanvar kuni Andijon viloyatining Asaka tumanida tez tibbiy yordam mashinasi va Cobalt o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu YTHda qurbon bo‘lganlar orasida hamkasbimiz, “Xalq so‘zi” gazetasi muxbiri Saidjon Maxsumov hamda O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Murod Xonto‘rayev ham bor.  


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

149

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing