To‘qayev Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosarini ishdan oldi 

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Azamat Abdimomunovni lavozimidan ozod qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmatiga asoslanib xabar berilgan. 

“Davlat rahbarining farmoni bilan Abdimomunov Azamat Kurmanbekovich Qozog‘iston Respublikasi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi”, deyiladi xabarda. 

Avvalroq davlatga xiyonat qilishda gumonlanib, Respublikaning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning safdoshi va Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbari Karim Masimov hibsga olingan edi. 

Nazarboyevning sobiq maslahatchisi Yermuxamet Yertisbayevga ko‘ra, mamlakatdagi inqiroz sabablaridan biri yuqori martabali amaldorlar va xavfsizlik xodimlarining xiyonati. U sodir bo‘layotgan voqealarni davlat to‘ntarishiga urinish va qurolli qo‘zg‘olon sifatida baholagan.

Qozog‘istonda namoyishlar 

Qozog‘istonda norozilik aksiyalari yangi yilning ilk kunlaridan boshlandi. Janaozen shahrida avtomobil egalari suyultirilgan gaz narxi 120 tengega (qariyb 3 ming so‘m) ko‘tarilganidan norozi bo‘lib, ommaviy mitingga chiqdi. Tobora olovlangan namoyishlar ortidan Hukumat komissiyasi Aqtau shahridagi “Intimak” maydonida namoyishchilar bilan uchrashgan. Uchrashuv davomida suyultirilgan gaz narxini pasaytirish va Mang‘istau viloyatida gaz narxini litri uchun 50 tenge etib belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.    

Muzokara davomida tomonlar barcha yuzaga kelayotgan muammolarni konstruktiv muloqotning asosiy oqimida va amaldagi qonunchilik doirasida hal qilishga kelishib olgan.    

5 yanvar kuni, Qozog‘istonning amaldagi Hukumati iste’fo berdi. Prezident Qosim-Jomart To‘qayev Hukumat iste’fosini qabul qildi. Shuningdek, Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi raisi lavozimidan ketdi. Uning o‘rnini Prezident To‘qayev egalladi.

Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Karim Masimov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini Yermek Sagimbayev egalladi.

Qozog‘istonda butun mamlakat bo‘ylab 19 yanvargacha favqulodda holat joriy etildi. Shuningdek, shu kunlarda soat 23:00 dan 07:00 gacha komendantlik soati amalda bo‘ladi.

Prezident Respublika Saken Isabekovni davlat qo‘riqlash xizmati rahbari etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

To‘qayev mamlakatdagi norozilik vaziyatiga Hukumat, xususan, Energetika vazirligi, shuningdek, “Kazmunaygaz” va “Kazakgaz” kompaniyalarini aybladi.

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) mamlakatga cheklangan muddatga tinchlikparvar kuchlarni kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'istondagi vaziyat

Baholaganlar

72

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing