Qozog‘istonda favqulodda holat bekor qilindi, ammo...

Olam

image

19 yanvar kuni soat 00:00 da Qozog‘iston bo‘ylab e’lon qilingan 14 kunlik favqulodda holat Nur-Sulton, Olma-ota shaharlar, qolaversa, Olma-ota, Atirau, Jambil, Qizilo‘rda va Mang‘istau viloyatlarida tugaydi. Shuningdek, ayrim shaharlar, xususan Olma-otada o‘rnatilgan komendantlik soati ham yakun topadi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Berik Uali ma’lum qilgan. 

“Xalqning birligi va hamjihatligi, huquq-tartibot idoralari va armiyaning fidokorona mehnati tufayli butun Qozog‘istonda tartib va osoyishtalik o‘rnatildi”, deydi Berik Uali. 

Biroq Olma-otada terrorchilik xavfining “qizil” darajasi saqlanib qoladi. 

Aksilterror chora-tadbirlari doirasida Olma-ota politsiya departamenti kuchlari, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan shaharda tunu-kun patrul xizmati ta’minlanadi. Shaharda nazorat-o‘tkazish punktlari o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. 

Terror tahdidining keskin “qizil” darajasida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga fuqarolarning buyumlarini, transport vositalarini ko‘zdan kechirish, shuningdek ularning harakatlanishini vaqtincha cheklash yoki taqiqlash imkonini beradi. Shaharda marsh va mitinglar taqiqlangan. 

Olma-otaliklardan huquq-tartibot idoralari ishiga tushunish bilan munosabatda bo‘lish va ularning qonuniy talablariga rioya qilish so‘ralmoqda.

Aksilterror operatsiyasi rejimini yakunlash muddati keyinroq ma’lum qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident To‘qayev 15 yanvardan Oqmo‘la va Qo‘stanay viloyatlarida favqulodda holat tartibini bekor qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'istondagi vaziyat

Baholaganlar

45

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing