Qozog‘istondagi tartibsizliklar mamlakatga qancha zarar keltirgani aytildi

Olam

image

Bugun, 8 yanvar kuni ertalab Qozog‘istondagi tartibsizliklar oqibatida yetkazilgan zarar miqdori qariyb 203 million dollarga yetdi. Bu haqda “Atameken” mamlakat tadbirkorlar milliy palatasi xabar bergan.  

Ta’kidlanishicha, kecha, 7 yanvar kuni oqshomga kelib, Respublikadagi tartibsizliklar natijasida yetkazilgan zarar miqdori qariyb 200 million dollarni tashkil qilgan. Mamlakatning o‘nta viloyatida 848 ta tadbirkorlik sub’ekti va 1021 ta ob’ekt, jumladan, Olma-otada 789 ta sub’ekt va 950 ta ob’ekt jabrlangan. 

“8 yanvar kuni soat 09:00 (Toshkent vaqti bilan 08:00) holatiga ko‘ra, yetkazilgan zararning umumiy miqdori taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, 88,1 milliard tengedan ko‘proqni (Olma-ota shahrida 86,8 milliard tenge) tashkil etgan”, deyiladi xabarda. 

Ta’kidlanishicha, Respublikaning o‘nta viloyatida jabrlangan 920 ga yaqin tadbirkorlik sub’ekti va 1091 ta ob’ekt, jumladan, Olmaotada 856 ta sub’ekt va 1027 ta ob’ekt aniqlangan.

Qozog‘istonda namoyishlar 

Qozog‘istonda norozilik aksiyalari yangi yilning ilk kunlaridan boshlandi. Janaozen shahrida avtomobil egalari suyultirilgan gaz narxi 120 tengega (qariyb 3 ming so‘m) ko‘tarilganidan norozi bo‘lib, ommaviy mitingga chiqdi. Tobora olovlangan namoyishlar ortidan Hukumat komissiyasi Aqtau shahridagi “Intimak” maydonida namoyishchilar bilan uchrashgan. Uchrashuv davomida suyultirilgan gaz narxini pasaytirish va Mang‘istau viloyatida gaz narxini litri uchun 50 tenge etib belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.    

Muzokara davomida tomonlar barcha yuzaga kelayotgan muammolarni konstruktiv muloqotning asosiy oqimida va amaldagi qonunchilik doirasida hal qilishga kelishib olgan.    

Shuningdek, miting ishtirokchilari javobgarlikka tortilmasligiga ham kafolat berilgandi. Lekin, 5 yanvar kuni Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari mamlakatning bir qancha viloyatlarida sodir etilgan noqonuniy harakatlar chog‘ida jamoat tartibini buzganlik uchun 200 dan ortiq kishini qo‘lga oldi.  Qo‘lga olinganlar soni hozirda 4 mingdan oshib ketgan.

5 yanvar kuni, shuningdek, Qozog‘istonning amaldagi Hukumati iste’fo berdi. Prezident Qosim-Jomart To‘qayev Hukumat iste’fosini qabul qildi. Shuningdek, Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi raisi lavozimidan ketdi. Uning o‘rnini Prezident To‘qayev egalladi.

Shuningdek, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Karim Masimov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini Yermek Sagimbayev egalladi.

Qozog‘istonda butun mamlakat bo‘ylab 19 yanvargacha favqulodda holat joriy etildi. Shuningdek, shu kunlarda soat 23:00 dan 07:00 gacha komendantlik soati amalda bo‘ladi.

Prezident Respublika davlat qo‘riqlash xizmati rahbari etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

To‘qayev mamlakatdagi norozilik vaziyatiga Hukumat, xususan, Energetika vazirligi, shuningdek, “Kazmunaygaz” va “Kazakgaz” kompaniyalarini aybladi.

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) mamlakatga cheklangan muddatga tinchlikparvar kuchlarni kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'istondagi vaziyat

Baholaganlar

781

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing