Qozog‘istondagi talato‘plar oqibatida qancha zarar yetgani ochiqlandi 

Olam

image

Qozog‘istonda bugun, 12 yanvar holatiga ko‘ra, tartibsizliklar natijasida yetkazilgan zarar miqdori 240 million dollardan oshdi. Bu haqda “Atameken” mamlakat tadbirkorlar milliy palatasi e’lon qildi.  

Kecha, 11 yanvar kuni mamlakatdagi tartibsizliklardan yetkazilgan zarar miqdori 220 million dollarga yetgan. 

“12 yanvar kuni soat 9:00 (Toshkent vaqti bilan 8.00) holatiga yetkazilgan zararning umumiy miqdori taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, 103,7 milliard tengedan ortiqni (Olma-otada 102,2 milliard tenge) tashkil etgan”, deyiladi xabarda. 

Ta’kidlanishicha, 11 ta hududda zarar yetkazilgan 1615 ta tadbirkorlik sub’ekti va 1885 ta ob’ekt aniqlangan, shundan 1506 ta sub’ekt va 1771 ta ob’ekt Olma-ota shahriga to‘g‘ri keladi. 

Zarar yetkazilgan tadbirkorlik sub’ektlari: 

•  savdo – 1482 ta; 
•  umumiy ovqatlanish – 44 ta; 
•  moliya sektori – 61 ta; 
•  logistika – 23 ta; 
•  ommaviy axborot vositalari – 5 ta.

Qozog‘istonda namoyishlar 

Qozog‘istonda norozilik aksiyalari yangi yilning ilk kunlaridan boshlandi. Janaozen shahrida avtomobil egalari suyultirilgan gaz narxi 120 tengega (qariyb 3 ming so‘m) ko‘tarilganidan norozi bo‘lib, ommaviy mitingga chiqdi. Tobora olovlangan namoyishlar ortidan Hukumat komissiyasi Aqtau shahridagi “Intimak” maydonida namoyishchilar bilan uchrashgan. Uchrashuv davomida suyultirilgan gaz narxini pasaytirish va Mang‘istau viloyatida gaz narxini litri uchun 50 tenge etib belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.    

Muzokara davomida tomonlar barcha yuzaga kelayotgan muammolarni konstruktiv muloqotning asosiy oqimida va amaldagi qonunchilik doirasida hal qilishga kelishib olgan.    

Shuningdek, miting ishtirokchilari javobgarlikka tortilmasligiga ham kafolat berilgandi. Lekin, 5 yanvar kuni Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari mamlakatning bir qancha viloyatlarida sodir etilgan noqonuniy harakatlar chog‘ida jamoat tartibini buzganlik uchun 200 dan ortiq kishini qo‘lga oldi.  

5 yanvar kuni, shuningdek, Qozog‘istonning amaldagi Hukumati iste’fo berdi. Prezident Qosim-Jomart To‘qayev Hukumat iste’fosini qabul qildi. Shuningdek, Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi raisi lavozimidan ketdi. Uning o‘rnini Prezident To‘qayev egalladi.

Bu orada ijtimoiy tarmoqlarda Nazarboyev va uning oilasi mamlakatni tark etgani, jiyani Samat Abish hibsga olingani haqida xabarlar tarqaldi. Biroq bularning hech biri isbotini topmadi. Shundan so‘ng, Elboshining Matbuot kotibi Aydos Ukibay Nazarboyev mamlakat poytaxtida bo‘lib turganini ma’lum qildi.

Shuningdek, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Karim Masimov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini Yermek Sagimbayev egalladi.

Qozog‘istonda butun mamlakat bo‘ylab 19 yanvargacha favqulodda holat joriy etildi. Shuningdek, shu kunlarda soat 23:00 dan 07:00 gacha komendantlik soati amalda bo‘ladi.

Prezident Respublika Saken Isabekovni davlat qo‘riqlash xizmati rahbari etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

To‘qayev mamlakatdagi norozilik vaziyatiga Hukumat, xususan, Energetika vazirligi, shuningdek, “Kazmunaygaz” va “Kazakgaz” kompaniyalarini aybladi.

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) mamlakatga cheklangan muddatga tinchlikparvar kuchlarni kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'istondagi vaziyat

Baholaganlar

121

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing