Iroqda futbolchi va hakamlar maydonga Qur’on kitoblari bilan chiqdi (video)

Sport

image

Futbol bo‘yicha Iroq milliy chempionati o‘yinida futbolchi va hakamlar Shvetsiyada Qur’onning yoqilishiga qarshi aksiya uyushtirib, maydonga Qur’on kitoblari bilan chiqdi. Bu haqda “Aaj News” xabar berdi

Qayd etilishicha, norozilik aksiyasi Iroq Premer-ligasining “Al-Shorta” va “Al-Qosim” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinida o‘tkazilgan. O‘yin boshlanganida ikki jamoa a’zolari va hakamlar Qur’oni Karim nusxalari bilan maydonga tushgan va kitobni qo‘llariga olib, o‘pgan. 

Ushbu holat tasvirlangan kadrlar ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda juda tez mashhurlikka erishdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 iyun kuni Shvetsiya poytaxti Stokgolmning markaziy maydonlaridan birida 37 yoshli iroqlik muhojir tomonidan Qur’on kitobi yoqib yuborilgandi. Bunga nisbatan bir qator davlatlar va xalqaro tashkilotlar noroziligini bildirdi. Jumladan, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qur’onning yoqilishi dinlararo adovat qo‘zg‘ashini aytib, bu holat jinoyat deya baholanishini hamda unga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidlagan edi. Shuningdek, Putinga uning Dog‘istonga safari davomida Qur’on sovg‘a qilishgandi

Rasmiy Anqara ham Qur’onning yoqilishi yuzasidan Shvetsiyaga nisbatan noroziligini bildirib, ushbu mamlakat uchun NATOga a’zo bo‘lish “orzu” bo‘lib qolishini ma’lum qilgandi

Yevropa Ittifoqi Shvetsiyadagi voqealar bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirib, muqaddas kitoblarning yoqilishi haqorat, hurmatsizlik va ochiq-oydin provokatsiya ekanini bildirgan. Shuningdek, Qur’onni yoqish bo‘yicha aksiya Ittifoq fikrini aks ettirmasligi ma’lum qilgan

AQSH ham Qur’onning yoqilishini qoralab, Shvetsiyadagi musulmonlarning huquqlaridan xavotirda ekanini bildirgan

Iroq Qur’onni yoqqan odam uning fuqarosi ekanini da’vo qilib, Shvetsiyadan uni ekstraditsiya qilishni talab etgandi

2 iyul kuni esa Islom hamkorlik tashkilotida Shvetsiyada Qur’onning yoqilishi yuzasidan navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazilgandi.

3 iyul kuni Rim papasi Fransisk Shvetsiyada Qur’on yoqilishini keskin qoralab, bu holat uni g‘azablantirganini ma’lum qildi.

Bugun, 5 iyul kuni esa O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham Qur’onning yoqilishini qoraladi.


Maqola muallifi

Teglar

Iroq futbol Qur'on

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing