Shvetsiyada yana Qur’on yoqib yuborildi
Olam
−
29 iyun 2023
31226Kecha, 28 iyun kuni Shvetsiya poytaxti Stokgolm markazidagi Medbor’yarplatsen maydonida yana muqadddas Qur’oni karim tahqirlandi. Namoyishda iroqlik 37 yoshli muhojir Salvan Momika muqaddas kitobni yoqib yubordi.
U arab tilida nutq qilib, musulmonlarning muqaddas kitobidan varaqlarni yirtib, o‘t qo‘ydi. Aksiya sodir bo‘lgan joyda Shvetsiya va xalqaro OAV vakillari, shuningdek, 200 ga yaqin tomoshabin bo‘lgan. Politsiya tashkilotchiga tosh otmoqchi bo‘lgan erkakni qo‘lga oldi.
Namoyishdan oldin Momika TT telekanaliga bergan intervyusida tarjimon yordamida “Qur’onni yoqib yuboramiz, Shvetsiyani uyg‘ot, deymiz. Bu demokratiya, bizga ruxsat yo‘q deyishsa, bu xavfli”, deb baqirgan.
Avvalroq, Momika Shvetsiya OAVlariga bergan intervyusida uning harakati Shvetsiyaning NATOga kirishiga qarshi emasligini, shunchaki qirollikda Qur’onni taqiqlashni xohlashini aytgan edi. Ammo, ba’zi ekspertlarning fikricha, bunday harakatlar haqiqatan ham mamlakatning NATOga kirishini qiyinlashtirishi mumkin.
“Keyingi hafta Bryusselda Shvetsiya, Turkiya va Finlyandiya o‘rtasida yana bir uchrashuv bo‘ladi. Lekin kulga aylangan Qur’on yozda NATOga a’zo bo‘lish uchun so‘nggi umid uchqunini o‘chirishi mumkin”, deydi TV4 sharhlovchisi dedi TV4 sharhlovchisi Tereza Kristiansson.
Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristersson shu kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida bu harakat Shvetsiyaning NATOga kirish jarayoniga qanday ta’sir qilishi haqida spekulyatsiya qilmasligini aytdi.
“Bu qonuniy, ammo nomaqbul”, deb tushuntirdi siyosatchi.
Aksiya politsiyaning ruxsati bilan bo‘lib o‘tgan, hisobotda ular musulmonlarning muqaddas kitobini “yoqish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri ruxsat” bermagani, balki bu “Qur’on haqidagi namoyish” ekanligi aytilgan. Xabarda, shuningdek, ayni paytda Poytaxt okrugida quruq va issiq ob-havo tufayli olov yoqish taqiqlangani va uni buzish jarimaga olib kelishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
Qur’onni yoqish bilan harakatlar atrofidagi ishlar
Joriy yilning fevral oyi boshida politsiyaga Turkiya va Iroqning Stokgolmdagi elchixonalari oldida Qur’onni yoqishni uyushtirishi kerak bo‘lgan ikkita aksiya tashkilotchilari murojaat qilgan. Biroq Shvetsiya xavfsizlik politsiyasining tavsiyasiga ko‘ra, politsiya departamenti bunday harakatlar avvalroq mamlakatga nisbatan tahdidlarni keltirib chiqargan va yangi harakatlar terrorchilik hujumlari xavfini jiddiy ravishda oshirishini aytib, bunday aksiyani tashkil etishdan bosh tortgan. Bu qaror qonun politsiyaga bunday huquq bermagan deb hisoblagan bir qator advokatlar tomonidan tanqid qilingan.
Iyun oyi boshida ikkinchi instansiya ma’muriy sudi ushbu qarorlarni ko‘rib chiqib, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining rad etish uchun qonuniy asosga ega emasligi haqida qaror chiqardi. “Jamoat tartibi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, ommaviy namoyishlarni o‘tkazishga ruxsat berish faqat ma’lum bir namoyish bilan bog‘liq xavfsizlik va tartibni ta’minlash maqsadida zarur bo‘lgandagina rad etilishi mumkin.
Joriy yilning boshida Turkiya va Shvetsiya o‘rtasida Stokgolmdagi Turkiya elchixonasi yaqinida Qur’on yoqib yuborilishi bilan bog‘liq katta janjal kelib chiqqan edi. 21 yanvar kuni o‘ng qanot ekstremistik “Qattiq kelishuv” partiyasi yetakchisi Rasmus Paludan diplomatik missiya oldida Qur’onni omma oldida yoqib yubordi. U o‘z nutqida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni tanqid qildi. 2022 yil aprel oyida esa politsiya Norrchyopingda Paludanning Qur’onni yoqishining oldini oldi.
LiveBarchasi