Şvetsiya va Litvadagi muammolar sabab Estoniyada asfalt tugab qoldi
Olam
−
10:35 447 2 daqiqa
Estoniyada bitum yetkazib berişdagi uzilişlar sabab asfalt tanqisligi yuzaga keldi. Bu haqda ERR naşri xabar berdi.
Qayd etilişiça, Tallin vitse-meri Kristian Yarvan joriy yilning 27 oktyabr kuni şahar hokimiyati matbuot anjumanida mamlakatda asfalt qolmaganini aytgan.
“Avval qayğuli xabarni aytişim kerak. Estoniyada asfalt tugadi”, degan u.
Yarvanning sözlariga köra, Estoniya asfalt işlab çiqariş uçun zarur bitumni asosan Şvetsiya va Litvadan oladi. Biroq Şvetsiyadagi korxonalardan biri yetkazib berişni töxtatgan. Kompaniya bu yilgi oxirgi yuk uç hafta avval kelganini, navbatdagi yetkazib beriş esa faqat bahorda amalga oşirilişini bildirgan.
Litvadagi kompaniya esa bitum narxini oşirgan, keyinçalik uning zavodida ham nosozlik yuz bergan. Oqibatda Estoniyadagi asfalt işlab çiqaruvçi korxonalar xomaşyoga ega bölmay qolgan. Bu holat Tallindagi yöl ta’mirlaş işlariga ham ta’sir körsatgan. Şahar ma’muriyati kuzda qöşimça byudjet hisobidan köproq yöl ta’mirlaşni rejalaştirgan edi. Biroq asfalt yetişmasligi sabab ayrim işlarni amalga oşiriş qiyinlaşgan.
Şunga qaramay, Liyvalaya köçasini asfaltlaş uçun material yetarli. Işlar 26 oktyabr kuni boşlangan va ularni yakunlaş uçun qöşimça ikki hafta ajratilgan.
“Bu, şuningdek, Vilyandi şossesi va köçasida yangi asfalt yotqiziş maqsadida yölning eski qoplamasini olib taşlaşga tavakkal qilmasligimizni anglatadi. Qiş kelib, köçalar qazilgan holatda qolib ketişini va ularni asfaltlaş uçun material topilmasligini istamaymiz”, degan Yarvan.
Ayni paytda Estoniya Transport departamenti mamlakatga bitum yetkazib beriş butunlay töxtamaganini bildirgan. Departamentning quriliş bölimi rahbari Mart Arusoo Şvetsiyadan bu yil boşqa yetkazib beriş kutilmayotganini, biroq bitumni Litvadan oliş mumkinligini ma’lum qilgan.
“Bitum Estoniyaga yetkazib berilmoqda, biroq neft bozoridagi beqarorlik tufayli uning narxi oşgan körinadi”, degan Arusoo.
Uning qöşimça qilişiça, hozirça davlat buyurtmasi asosida amalga oşirilayotgan yöl qurilişi işlarida bitum ta’minoti bilan boğliq muammolar kuzatilmagan.
Live
Barchasi27 Oktyabr