Latviya Estoniyaning Rossiya bilan çegarani yopiş qarorini tanqid qildi
3-sahifa
−
3062 2 daqiqa
Latviya Boş vaziri Andris Kulbergs Estoniyaning Rossiya bilan çegaradagi avtomobil ötkaziş punktlarini yopiş qarorini xatolik deb baholadi. Uning fikriça, bunday çeklovlar Boltiqböyi davlatlari bilan kelişilgan holda bir vaqtda joriy etilişi kerak. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.
Kulbergs keça, 25 noyabr kuni Estoniya qarorini Latviya va Litva bilan oldindan muvofiqlaştirmagan holda qabul qilganini tanqid qilgan. Uning taxminiça, bunga Estoniyadagi saylovoldi vaziyati ham ta’sir körsatgan bölişi mumkin. Boş vazir Latviyaning bunday masalada bir tomonlama harakat qilişini ham öylamaslik kerakligini ta’kidlagan.
Hozirda Riga Rossiya bilan transport aloqalarini çeklaşga şoşilmayapti. Aksinça, Latviya hududi orqali ötadigan yuk taşiş hajmi ortişi mumkinligini hisobga olmoqda. Kulbergs hukumat kelgusi harakatlar böyiça törtta ehtimoliy ssenariyni örganayotganini aytgan, ammo ularning tafsilotlarini oçiqlamagan.
“Osiyo davlatlari va AQŞ hamkorlariga tegişli yuklar Latviya orqali taşiladi. Şu bois Rossiya bilan transport aloqalarini çeklaş masalasida bu omil ham inobatga olinişi kerak”, deydi Boş vazir.
Şuningdek, Latviya hukumati Rossiya ğallasining tranzitini taqiqlaş masalasini hozirça muhokama qilmagan. Kulbergs bu boradagi ma’lumotlar qöşimça tekşiruv va xavfsizlik xizmatlari bilan kelişuvni talab qilişini bildirgan.
Ayni vaqtda Latviya Ukraina bilan hamkorlikda ukrain ğallasini mamlakat infratuzilmasi orqali taşiş imkoniyatlarini örganmoqda. Boş vazir yaqin vaqtlarda bu borada muhim yangiliklar bölişini aytgan.
Ma’lumot uçun, 13 noyabr kuni Latviya Taşqi işlar vazirligi Rossiya va Belarus kelib çiqişiga ega ğallani mamlakat hududi orqali tranzit qilişni milliy sanksiyalar mexanizmi asosida taqiqlaş rejasini ma’lum qilgan. Bu böyiça hukumat qarori loyihasi ham tayyorlangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Estoniya joriy yil 1 dekabrdan boşlab Rossiya bilan barça çegara ötkaziş punktlari faoliyatini töliq töxtatişi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barçasi