Ğayrioddiy yakkaşox kiyik fotoqopqonga tuşdi (video)
Bu qiziq
−
12:43 877 1 daqiqa
Estoniyaning Saaremaa orolida örmon kamerasi boşining örtasida ğayrioddiy ösimtasi bölgan erkak kiyikni tasvirga oldi. Noyob kadrlarni Lutreola Foundation tabiatni muhofaza qiliş jamğarmasi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida e’lon qildi.
Videoyozuvda hayvon örmonga örnatilgan fotoqopqon ob’ektivida xotirjam paydo böladi. Kiyikning peşonasi markazida kiçik qöşimça şoxni eslatuvçi yakka ösimta yaqqol közga taşlanadi.
Mutaxassislar hozirça faqat videoyozuvning öziga qarab uşbu şoxning ösib çiqiş sababini aniq ayta olmayapti. Ğayrioddiy ösimta örmon jonivoriga afsonaviy yakkaşoxga öxşaşlik baxş etadi, biroq aslida bu şoxlar rivojlanişining öziga xos xususiyati hisoblanadi.
Biologlarning bildirişiça, yovvoyi tuyoqli hayvonlarda bunday anomaliyalar tabiatda ba’zan uçrab turadi va jarohatlar yoki organizmdagi buzilişlar bilan boğliq bölişi mumkin. Avvalroq, şunga öxşaş bir şoxli kiyiklar Yevropaning boşqa mamlakatlarida, masalan, Sloveniyada ham qayd etilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Avstraliyalik tadqiqotçilar öziga xos kiçik şoxlari bölgan yangi mahalliy asalari turini kaşf etgandi va unga mos ravişda Megachile Lucifer nomini bergan edi.
Live
Barchasi