Latviya jamoat joylarida rus tilidan foydalanişni çeklamoqçi
Olam
−
17:16 236 2 daqiqa
Latviya hukumati jamoat joylarida rus tilidan foydalanişni çeklaş uçun huquqiy asos yaratişni közlamoqda. Bu mamlakat Vazirlar Mahkamasining kelgusi yillarda amalga oşirilişi rejalaştirilgan çora-tadbirlar töğrisidagi deklaratsiyasida nazarda tutilgan. Bu haqda “Meduza” naşri xabar berdi.
Ma’lumotlarga köra, Latviya hukumati iş rejasiga “Ruslaştirişdan voz keçiş töğrisida”gi deklaratsiyani qabul qilişni kiritgan. Biroq hujjatda rus tilidan foydalaniş böyiça qanday aniq çeklovlar joriy etilişi yoki ular qonunçilikda qay tartibda mustahkamlanişi oçiqlanmagan.
Şuningdek, deklaratsiyada olimlar, tarixçilar va sotsiolingvistlar tavsiyalarini inobatga oliş hamda latiş tilining yagona davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamlaş uçun huquqiy asos yaratiş közda tutilgan. Biroq bu tavsiyalar aynan kimlar tomonidan va qanday şaklda taqdim etilişiga aniqlik kiritilmagan.
“Delfi” ma’lumotlariga köra, hukumat jamoat va axborot makonida, hamda iş joylarida latiş tilidan foydalaniş kölamini kengaytirişni rejalaştirmoqda. Rasmiylar faqat latiş tilida kontent e’lon qiladigan naşrlarni qöllab-quvvatlaşni ham va’da qilgan.
Deklaratsiyani qaçon qabul qiliş rejalaştirilayotgani hozirça ma’lum emas. Qayd etiş joiz, Latviya rasmiylari jamoat joylarida rus tilidan foydalanişni çeklaş böyiça avval ham bir qator çoralarni körgan. Xususan, 2024 yilda bankomatlar menyusidan rus tili qonunan olib taşlangan, 2025 yil yozida esa bank ilovalarida undan foydalaniş taqiqlangan.
Bundan taşqari, 2026 yil oktyabr oyida Latviya parlamenti LSM jamoat teleradiokompaniyasiga rus tilida kontent tayyorlaşni taqiqlovçi qonunni qabul qilgan. Unga köra, kompaniya faqat favqulodda vaziyatlar, favqulodda holatlar yoki yolğon ma’lumotni ataylab rad etiş zarurati tuğilgan holatlarda rus tilida material tayyorlaşi mumkin. Taqiq 2027 yil 1 yanvardan kuçga kiradi.
Ma’lumot uçun, 2022 yilda ötkazilgan sörov natijalariga köra, Latviya aholisining qariyb 38 foizi rus tilini ona tili deb hisoblaşini bildirgan.
Live
Barchasi